Oʻzbekiston va YUNESKO hamkorlikni 2027-yilgacha rivojlantirishga kelishib oldi

YUNESKO bosh qarorgohida O‘zbekistonning YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi hamda San’at va madaniyatni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayanе Umerovaning tashkilot bosh direktori Xolid al-Anani bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan YUNESKO o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim, shuningdek 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan Yo‘l xaritasi imzolandi.
Hujjatlar tomonlarning ta’lim, fan, madaniyat, kommunikatsiya va axborot sohalaridagi hamkorligini belgilaydi hamda qo‘shma loyihalar va dasturlarni amalga oshirishga qaratilgan.
Bitim O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025-yil noyabr oyida Samarqandda o‘tkazilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi chog‘ida ilgari surilgan tashabbuslarning amaliy ijrosini mustahkamlaydi.
Yo‘l xaritasi hamkorlikning aniq mexanizmlarini, jumladan ta’lim tashabbuslarini rivojlantirish, madaniy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ilmiy tadqiqotlarni kengaytirishni o‘z ichiga oladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
