Eron Tashqi ishlar vazirligi Hormuz boʻgʻozi barcha mamlakatlar kemalari uchun ochiqligini e’lon qildi

Dunyo 10 aprel, 13:24
Eron Tashqi ishlar vazirligi Hormuz boʻgʻozi barcha mamlakatlar kemalari uchun ochiqligini e’lon qildi

Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopmagan va AQShni ham o‘z ichiga olgan barcha davlatlar kemalari uchun uning ochiqligini ta’minlashda davom etmoqda. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Said Xatibzoda Britaniyaning ITV telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bo‘g‘oz orqali o‘tish xavfsizlik choralariga rioya qilingan va kelishilgan navigatsiya yo‘nalishlaridan foydalanilgan taqdirda mumkin. Eron tomoni xorijiy kemalarga mamlakat harbiy tuzilmalari bilan harakatni muvofiqlashtirishni tavsiya qilmoqda.

Diplomat qo‘shimcha talablar mintaqadagi harbiy vaziyat, AQSh va Isroil tomonidan berilgan zarbalardan keyin yuzaga kelgan sharoit bilan bog‘liq ekanini ta’kidladi. Mudofaa choralarini ko‘rish doirasida bo‘g‘oz akvatoriyasida muhandislik ishlari olib borilgan bo‘lib, ularning oqibatlarini to‘liq bartaraf etish ma’lum vaqtni talab qilmoqda.

Mazkur jarayonlar yakunigacha Eron tomoni kemalar kapitani uchun maxsus xaritalar va xavfsiz yo‘nalishlarni taqdim etishga tayyor ekanini bildirdi. Xatibzodaning ta’kidlashicha, agar kemalar tomonidan dushmanona harakatlar kuzatilmasa, hech qanday cheklovlar joriy etilmaydi.

Hormuz bo‘g‘ozi jahon energetika savdosining eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, global bozorlar uchun strategik ahamiyatga ega.

2840

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→