AQSh va Eron urushni vaqtinchalik to‘xtatishni kelishib oldi

AQSh va Eron ikki haftaga mo‘ljallangan vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini e’lon qildi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp hamda Eron Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi. Muzokaralarda Pokiston rahbariyati vositachi sifatida ishtirok etdi.
Kelishuv Vashington tomonidan ilgari surilgan ultimatum muddati tugashiga bir necha soat qolganida erishildi. Avvalroq Donald Tramp AQSh talablarini bajarilmagan taqdirda Eronga qarshi kuch ishlatishga tayyor ekanini bildirgan, shuningdek talablar bajarilishi uchun oxirgi muddatni 8 aprel tongiga belgilagan edi.
Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif va armiya bosh qo‘mondoni Asim Munir bilan o‘tkazilgan tezkor maslahatlashuvlardan so‘ng tomonlar keskinlikni pasaytirishga kelishib oldi. Sulhning asosiy shartlaridan biri sifatida Hormuz bo‘g‘ozi orqali xavfsiz va to‘sqinliksiz kema qatnovini ta’minlash belgilandi.
Oq uyda rejalashtirilgan harbiy harakatlar to‘xtatilgani va muzokaralarni davom ettirishga tayyorlik bildirildi. AQSh tomonining ta’kidlashicha, bahsli masalalarning katta qismi kelishilgan bo‘lib, 14 kunlik muddat barqarorroq bitim tayyorlash uchun sarflanadi.
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchiy AQSh tomonidan hujumlar bo‘lmagan taqdirda Tehron mudofaa harakatlaridan tiyilishga tayyor ekanini tasdiqladi. Eron, shuningdek, o‘z qurolli kuchlari bilan hamkorlikda Hormuz bo‘g‘ozida kemalar harakati xavfsizligini ta’minlash majburiyatini oldi.
Har ikki tomon Pokistonga keskinlikni pasaytirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvning oldini olishdagi yordami uchun minnatdorlik bildirdi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
