Yangiliklar/Siyosat

Vashingtonda AQSh-Oʻzbekiston biznes va sarmoya kengashi ish boshladi

Siyosat 7 aprel, 12:20
Vashingtonda AQSh-Oʻzbekiston biznes va sarmoya kengashi ish boshladi

Vashingtonda Amerika–Oʻzbekiston biznes va investitsiya kengashi faoliyati boshlanganligi eʼlon qilindi. Yangi tuzilma rahbariyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva hamda AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Sergio Gor boshchilik qilmoqda.

Kengash ikki davlat tadbirkorlari va investorlarining o‘zaro hamkorligini taʼminlovchi doimiy mexanizm sifatida tashkil etilgan bo‘lib, qo‘shma loyihalarni ilgari surishga yo‘naltirilgan. Marosim doirasida tomonlar oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladilar.

Kengashning tashkil etilishi Oʻzbekiston–AQSh iqtisodiy muloqotining faollashuvi natijasi bo‘ldi. Taʼkidlanishicha, so‘nggi davrda hamkorlik AQSh kompaniyalari ishtirokidagi yirik kelishuvlar tuzilishi bilan o‘z ifodasini topdi.

1860

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→