Madaniyat vazirligi san’atkorlar uchun yangi soliqqa qarshi chiqdi

Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi sanʼatkorlar va tadbirlar boshlovchilari tomonidan soliqlarni toʻlash tartibini oʻzgartirishni nazarda tutuvchi prezident farmoni loyihasini qoʻllab-quvvatlamadi.
Gap Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hujjat haqida bormoqda. Unga koʻra, har bir chiqish — toʻyda, yubileyda, korporativ tadbirda yoki restoranda boʻladimi — alohida soliq bilan soliqqa tortilishi kerak.
Madaniyat vazirligida ijodiy soha vakillari allaqachon soliqlar toʻlab kelayotgani eslatildi. Hozirda sanʼatkorlar har oyda bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari — 412 ming soʻm miqdorida qatʼiy toʻlov amalga oshiradi, shuningdek, deklaratsiya asosida yillik daromaddan 12 foizlik daromad soligʻini toʻlaydi.
Vazirlikda sanʼatkorlar goʻyoki soliq tizimida ishtirok etmaydi, degan fikr notoʻgʻri ekanini taʼkidlashdi. Madaniyat vazirligi vakillarining aytishicha, amaldagi qoidalar ularning daromadlarini hisobga olish imkonini beradi va hozirning oʻzida amaliyotda qoʻllanilmoqda.
Vazirlik loyiha boʻyicha oʻz eʼtiroz va takliflarini yuborgan hamda hujjatni qayta ishlashni taklif qilgan. Xususan, yumshoqroq yondashuvni qoʻllash, ayrim talablarni qayta koʻrib chiqish va sanʼatkorlar oʻrtasidagi farqlarni — ish shakli va daromad darajasiga qarab — inobatga olish masalalari koʻtarilgan.
Avvalroq ushbu tashabbusdan ijodiy soha vakillari ham norozi ekanini bildirgan edi. Ularning taʼkidlashicha, sahna obrazlari, liboslar va transport ko‘pincha ish faoliyati uchun zarur bo‘lib, har doim ham yuqori daromadni anglatmaydi.
Loyiha muhokamasi davom etmoqda, yakuniy qaror hozircha qabul qilinmagan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
