Pokistonda kuchli yomg‘irlar 45 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Dunyo 6 aprel, 17:10
Pokistonda kuchli yomg‘irlar 45 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Pokistonning Xayber‑Paxtunxva provinsiyasida mart oyining oxiridan beri yog‘ayotgan kuchli yomg‘irlarning oqibatlari hisoblanmoqda. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, noqulay ob-havo sabab kamida 45 kishi halok bo‘lgan, yana 105 kishi jarohat olgan.

Suv toshqinlari va vayronagarchiliklar asosan turar‑joy binolarining qulab tushishi, gruntning yuvilishi hamda tog‘li hududlarda suv oqimlari sabab yuzaga kelgan. Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha provinsiya boshqarmasi xabariga ko‘ra, jami 442 ta uy zarar ko‘rgan, ulardan 60 tasi butunlay vayron bo‘lgan.

Ob-havo mutaxassislari 6–9 aprel kunlari yana kuchli yog‘ingarchilik kuzatilishi haqida ogohlantirmoqda. Aholiga zarurat bo‘lmasa, sel va suv toshqinlariga eng ko‘p moyil hududlarga safar qilmaslik tavsiya etilgan.

Qutqaruv xizmatlari vaziyatni doimiy ravishda kuzatib bormoqda va ehtimoliy yangi hodisalarga tezkor javob berishga tayyor.

1750

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→