Tramp Pam Bondini isteʼfoga chiqardi va vaqtinchalik rahbarni tayinladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Pam Bondini mamlakat bosh prokurori lavozimidan ozod etilganini eʼlon qildi. 2-aprel kuni Truth Social’da chop etilgan bayonotida u Bondining endilikda xususiy sektorda faoliyatini davom ettirishini maʼlum qildi. Trampning taʼkidlashicha, Bondi boshchiligida Adliya vazirligi jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirgan va mamlakatda qotillik darajasi so‘nggi yuz yildan ortiq vaqt ichida eng past koʻrsatkichga tushgan.
Bondi ketganidan so‘ng vazirlikni vaqtincha bosh prokurorning oʻrinbosari Todd Blanch boshqara boshladi. Prezident o‘tish davri uchun ushbu tayinlovni omma oldida tasdiqladi.
Amerika OAVlari Bondining isteʼfosini nafaqat kadrlardagi o‘zgarishlar, balki Trampning Adliya vazirligi qarorlaridan tobora ortib borayotgan noroziligi bilan bog‘lamoqda. The New York Times maʼlumotiga ko‘ra, bunga sabab bo‘lgan omillardan biri Bondining Jefrri Epshteynga oid tergov materiallariga munosabati bo‘lgan — prezident bu jarayonni yetarlicha tez va izchil emas deb hisoblagan.
Bundan tashqari, CNN manbalari Trampning shaxsiy suhbatlarda Bondi Adliya vazirligini tark etganidan keyin sudyelik lavozimiga tayinlanishi ehtimolini ham tilga olganini bildirmoqda. Shu tariqa, isteʼfoga qaramay, ularning hamkorligi boshqa shaklda davom etishi mumkin.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
