Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida Tamaraxonim tavalludining 120 yilligi nishonlandi

29-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida O‘zbekiston san’ati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan afsonaviy raqqosa va xonanda Tamaraxonim tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan bayram konserti bo‘lib o‘tdi.
Dasturda uning repertuaridan milliy va jahon madaniy an’analari boyligini aks ettiruvchi raqs va musiqiy nomerlar o‘rin olgan. O‘zbekiston, Rossiya va Tojikistondan kelgan ijodiy guruhlar va yakkaxonlar sahnada Tamaraxonim merosining zamonaviy talqinlarini namoyish etdi.

San’atkorning hayoti va ijodi haqida iliq xotiralar bilan o‘rtoqlashgan nevara va chevaralarining ishtiroki kechaga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

Konsert sahna ustalari va yosh ijrochilarni birlashtirgan muhim madaniy voqeaga aylandi va Tamaraxonim sanʼatining doimiy dolzarbligini yana bir bor taʼkidladi.

Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
