3-aprel kuni Toshkentda “Yengilmas — Tokioga yo‘l” filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi

Sport 30 mart, 20:41
3-aprel kuni Toshkentda “Yengilmas — Tokioga yo‘l” filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi

3-aprel kuni soat 18:00 da O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Yengilmas — Tokioga yo‘l” filmi ilk bor namoyish etiladi. Ushbu kartina O‘zbekistonning eng muvaffaqiyatli sportchilaridan biri — ikki karra jahon chempioni va bir necha bor Osiyo chempioni Bahodir Jalolov hayotiga bag‘ishlangan.

Film mashhur bokschining yuksak marralarga eltgan yo‘lini yoritadi: uning ringdagi ilk qadamlari, unga xalqaro shuhrat olib kelgan hal qiluvchi g‘alabalari, shuningdek, muvaffaqiyat ortida turgan sinovlar, mashg‘ulotlar va muhim qarorlar aks ettirilgan. Tomoshabinlar sportchining o‘z maqsadiga qat’iyat bilan intilib, tanlagan yo‘lidan qaytmaganini ham ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

3200

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→