AQShda “Qirollarga yo‘q” shiori ostida ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi

Qo‘shma Shtatlarda “Qirollarga yo‘q” shiori ostida keng ko‘lamli norozilik namoyishlari boshlandi. Namoyishlar 3 mingdan ortiq shaharni qamrab oldi, tashkilotchilar esa 9 milliondan ortiq kishi ishtirok etishini kutmoqda.
Namoyishchilarning asosiy talablari hukumatning amaldagi siyosatidan norozilik bilan bog‘liq: iste’mol narxlarining oshishi, immigratsiya qonunchiligini kuchaytirish va Eron bilan ehtimoliy harbiy mojaro.
Buni Italiya, Fransiya, Germaniya va Ispaniya aholisi Amerika mitinglarini qo‘llab-quvvatladi. Norozilik faolligining eng yirik markazlaridan biri Minnesota bo‘lib, u yerda o‘n minglab ziyod odamlar to‘plangan. Nyu-Yorkda namoyishchilarga mashhur aktyor Robert De Niro qo‘shildi va bu aksiyaga o‘zgacha ruh berdi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday keng ko‘lamli chiqishlar Amerika jamiyatidagi keskinlik kuchayib borayotgani va fuqarolarning mamlakat siyosiy yo‘nalishiga ta’sir o‘tkazish istagini aks ettiradi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
