O‘zbekistonda “Hakamlar akademiyasi”ga saralash bosqichlari boshlandi

Sport 26 mart, 20:33
O‘zbekistonda “Hakamlar akademiyasi”ga saralash bosqichlari boshlandi

O‘zbekistonda Hakamlar akademiyasiga o‘qishga kirish uchun saralash testlari boshlandi. Bu haqida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi o'zining Telegram kanalida xabar berdi.

Birinchi bosqich doirasida ishtirokchilar amaliy mashg‘ulotlarga kirishdilar. Ularning maydondagi harakatlari, qaror qabul qilish va qoidalarga amal qilish qobiliyati tajribali murabbiylar va taniqli hakamlar tomonidan baholanadi. Kuzatuvchilar orasida Ravshan Irmatov, Bobur Haydarov, Valentin Kovalenko va Aleksandr Popovlar bor. Mutaxassislar nafaqat natijalarni qayd etishadi, balki har bir nomzodga shaxsiy tavsiyalar berishadi.

"Sizda yuqori salohiyat va intiluvchanlik bor. Oʻz ustingizda tizimli ishlasangiz, biz siz uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib beramiz. Oʻz oldingizga xalqaro darajadagi hakam boʻlishni aniq maqsad qilib qoʻying. Hakamlik kasbida yosh hal qiluvchi omil emas. Bundan ham muhimroq, bilim, professional tayyorgarlik, maydonda oʻzini tutish va oʻyinni toʻgʻri boshqara olish qobiliyatidir", - deydi Ravshan Irmatov.

Instruktor Aleksandr Popov futbol hakamlarini tanlash qoidalari, baholash tizimi va zamonaviy talablar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Barcha bosqichlar natijalariga ko‘ra, eng tayyor va istiqbolli nomzodlar tanlab olinadi, ularga Hakamlar akademiyasida malaka oshirish imkoniyati beriladi.

1010

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→