Yangiliklar/Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Olmaliq KMKga tashrif buyurib, yangi zavodni ishga tushirishda ishtirok etadi

Siyosat 16 mart, 11:08
Shavkat Mirziyoyev Olmaliq KMKga tashrif buyurib, yangi zavodni ishga tushirishda ishtirok etadi

Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrif buyuradi. Tashrif doirasida davlat rahbari 3-sonli misni qayta ishlash zavodini ishga tushirish marosimida ishtirok etadi.

Prezident safari doirasida korxonada mis kontsentrati ishlab chiqarishning texnologik jarayoni bilan ham tanishadi. Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, xomashyoni qayta ishlash samaradorligini oshirish masalalariga e’tibor qaratilishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, togʻ-kon sanoati sohasida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish chora-tadbirlariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Yig‘ilishda sohani yanada rivojlantirish, keng ko‘lamli ishlab chiqarish tashabbuslarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

3220

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→