Toshkentning Mirobod tumanida ikkita kiberguruh fosh etildi

Toshkent shahar IIBB Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari Mirobod tumanida ikkita xalqaro jinoiy tuzilmani fosh etib, 72 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar bermoqda.
Birinchi guruh. Farg‘ona yo‘li ko‘chasi 1-berk ko‘chasidagi xonadonda 52 nafar shaxs aniqlandi. Ular joyni oyiga $9000 ga ijaraga olib, yashirin faoliyat yuritgan: yashirin onlayn-kazino va noqonuniy bukmekerlik o‘yinlari uchun mablag‘larni qabul qilib, tranzaksiyalarni bank kartalariga o‘tkazgan, ya’ni pul yuvish bilan shug‘ullangan. Ulardan $110 ming naqd pul, 71 ta noutbuk, 278 ta telefon va uchta Starlink sun’iy yo‘ldosh internet terminali ashyoviy dalil sifatida olindi.
Ikkinchi guruh. Tezkor tadbirlar Katta Mirobod ko‘chasida davom ettirilib, u yerda yana bir yashirin koll-markaz aniqlandi. Bu yerda oyiga $2000 ga uy ijaraga olgan 20 nafar shaxs qo‘lga olindi. Ular internetda soxta ishqiy munosabatlarni taklif qilgan: o‘zlarini ayol kishi sifatida tanishtirib, mijozlar ishonchiga kirgan va ulardan pul undirgan. Ulardan 24 ta noutbuk, planshet, 52 ta telefon va to‘rtta wi-fi qurilmasi olib qo‘yildi.
Har ikkala guruhda rollar taqsimlangan bo‘lib, rahbar, boshqaruvchi, operatorlar va qo‘riqchilar faoliyat yuritgan. Ushbu guruhlarning kriptoaktivlar aylanmasi $576 mingni tashkil etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari davom etmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Shavkat Mirziyoyev dunyoning eng nufuzli musulmonlari reytingida 40-o‘rinni egalladi

Milliy gvardiya SIga ega dronlar va robotlarni sinovdan o‘tkazmoqda: yil oxirigacha ularni Toshkent bog‘lariga chiqarish rejalashtirilgan

Toshkentning Chilonzor va Uchtepa tumanlarida 14-noyabr kuni soat 15:00 dan 16:00 gacha elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lishi mumkin

Diyora Keldiyorova Zagreb Gran-prisida bronza medalini qo‘lga kiritdi
