Toshkentning Chilonzor va Uchtepa tumanlarida 14-noyabr kuni soat 15:00 dan 16:00 gacha elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lishi mumkin

Bugun, 14-noyabr kuni soat 15:00 dan 16:00 gacha Toshkentning Chilonzor va Uchtepa tumanlarida elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin. Bunga «Yurtim» (110/35/10 kV) podstansiyasida yangi uskunalarni sinovdan o‘tkazish va sozlash ishlari olib borilayotgani sabab bo‘lmoqda. Bu haqda «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali xabar berdi.
Mahallalar: «Cho‘ponota», «Qatortol», «Ko‘tarma», «Zarqorg‘on», «Fidokor», «Botirma», «Mehrijon», «Xirmontepa», «Katta Xirmontepa», «Kichik Xirmontepa», «Yakkatut», «Navbahor», «Katta Navbahor», «Lutfiy», «Guzar», «Ko‘hna Cho‘ponota», «Qo‘rg‘ontepa», «Tepaqo‘rg‘on», «Xuroson», «Zargarlik», «Nayman», «Nurobod», «Hamdo‘st», «Farhod», «Tinchlikobod», «Vatan», «Vatanparvar» va «Shirin».
Mavzelar: G-9A, 11-, 12-, 13-, 22-, 23-, 24-, 25- va 26-mavzelar.
Boshqa hududlar: 9-, 10-, 16-, 17-, 18-, 19- va 20-dahalar, sanoat zonasi hamda «Farhod» dehqon bozori hududi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Shavkat Mirziyoyev dunyoning eng nufuzli musulmonlari reytingida 40-o‘rinni egalladi

Toshkentning Mirobod tumanida ikkita kiberguruh fosh etildi

Milliy gvardiya SIga ega dronlar va robotlarni sinovdan o‘tkazmoqda: yil oxirigacha ularni Toshkent bog‘lariga chiqarish rejalashtirilgan

Diyora Keldiyorova Zagreb Gran-prisida bronza medalini qo‘lga kiritdi
