Qirg‘izistonda prezidentlik saylovida qatnashish uchun 11 kishi nomzodini ilgari surdi

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovida qatnashish uchun nomzodlar ko‘rsatish bosqichi yakunlandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, davlat rahbari lavozimi uchun 11 kishi kurashmoqchi. Ular orasida amaldagi prezident Sadir Japarov, sobiq deputatlar, kuch tuzilmalari va davlat organlarining sobiq rahbarlari hamda tadbirkorlar bor.
Barcha da’vogarlar siyosiy partiyalar orqali emas, mustaqil ravishda o‘z nomzodini ilgari surgan.
Dastlabki ro‘yxatga 10 nafar erkak va bir nafar ayol kiritilgan. Eng yoshi katta nomzod 72 yoshda, eng yoshi esa yaqin kunlarda 35 yoshga to‘ladi.
Prezidentlikka da’vogarlarning dastlabki ro‘yxati:
- Ayмен Kasenov — 52 yoshli tadbirkor, avval ham prezidentlik saylovida qatnashgan.
- Azamat Esenbekov — 42 yoshli iqtisodchi, sobiq soliqchi va tuman hokimi.
- Siymik Japiкеyev — 49 yoshli huquqshunos, «Chon Kazat» harakati vakili.
- Akay Qidirov — Yaponiyada ishlash tajribasiga ega 35 yoshli tadbirkor.
- Isxaq Masaliyev — 66 yoshli siyosatchi.
- Sadir Japarov — 57 yoshli amaldagi prezident, ikkinchi muddatga o‘z nomzodini ilgari surmoqda.
- Baxtibek Kalmatov — 42 yoshli sobiq deputat, avvalgi saylovlar ishtirokchisi.
- Baqitbek Adilov — 44 yoshli sobiq shahar hokimi va migratsiya xizmati sobiq rahbari.
- Amur Ayba Medер — tadbirkor, tarjimayi holi haqida hozircha batafsil ma’lumot yo‘q.
- Mambetjunus Abilov — 72 yoshli Markaziy saylov komissiyasining sobiq raisi.
- Klara Sooronqulova — 57 yoshli huquqshunos, prezidentlik poygasidagi yagona ayol.
Hozircha nomzodlarning hech biri rasman ro‘yxatga olinmagan. Barcha da’vogarlar qonunchilikda belgilangan tartib-taomillardan o‘tishi kerak.
Ular 7-dekabrgacha saylovchilarning elektron imzolarini to‘plashi mumkin. Nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun kamida 30 mingta imzo talab etiladi.
Kerakli hujjatlarni qabul qilish 13-dekabrgacha davom etadi. Markaziy saylov komissiyasi 23-dekabrgacha nomzodlarni ro‘yxatga olish jarayonini yakunlashi lozim.
Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi 2027-yil 27-yanvarda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Shavkat Mirziyoyev dunyoning eng nufuzli musulmonlari reytingida 40-o‘rinni egalladi

Toshkentning Mirobod tumanida ikkita kiberguruh fosh etildi

Milliy gvardiya SIga ega dronlar va robotlarni sinovdan o‘tkazmoqda: yil oxirigacha ularni Toshkent bog‘lariga chiqarish rejalashtirilgan

Toshkentning Chilonzor va Uchtepa tumanlarida 14-noyabr kuni soat 15:00 dan 16:00 gacha elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lishi mumkin
