O‘zbekistonning 15 yoshdan oshgan aholisining 12 foizi oliy ma’lumotga ega

Milliy statistika qo‘mitasi aholini ro‘yxatga olishning ta’lim darajasi bo‘yicha yakunlarini e’lon qildi. 15 yoshdan oshgan aholi orasida 3,3 mln kishi yoki 12 foizi oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limga ega. O‘rta maxsus va professional ta’lim 9,7 mln kishida (35,8%), umumiy o‘rta ta’lim esa 11,6 mln kishida (42,8%) mavjud.
15 yoshdan oshgan har ming nafar aholiga hisoblaganda, bu oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi ma’lumotga ega 120 kishi, o‘rta maxsus va professional ma’lumotli 358 kishi hamda umumiy o‘rta ma’lumotli 428 kishi demakdir.
7 yoshdan oshgan 9,6 mln kishi ta’lim tashkilotlarida tahsil olmoqda: 4,9 mln erkak (51,5%) va 4,6 mln ayol (48,5%). Oliy ta’lim tashkilotlarida 1,7 mln kishi o‘qimoqda, ularning 49 foizi — ayollar.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Shavkat Mirziyoyev dunyoning eng nufuzli musulmonlari reytingida 40-o‘rinni egalladi

Toshkentning Mirobod tumanida ikkita kiberguruh fosh etildi

Milliy gvardiya SIga ega dronlar va robotlarni sinovdan o‘tkazmoqda: yil oxirigacha ularni Toshkent bog‘lariga chiqarish rejalashtirilgan

Toshkentning Chilonzor va Uchtepa tumanlarida 14-noyabr kuni soat 15:00 dan 16:00 gacha elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lishi mumkin
