Yangiliklar/Ekologiya

13-noyabr kuni sakkizta viloyatda sel kelishi mumkin

Ekologiya 12 noyabr, 13:51
13-noyabr kuni sakkizta viloyatda sel kelishi mumkin

13-noyabr kuni kutilayotgan yomg‘irlar sababli O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel va suv toshqinlari yuz berishi mumkin. Ayrim joylarni suv bosishi ehtimoli bor, deya ogohlantirdi O‘zgidromet.

Ogohlantirish Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlariga taalluqli.

Ushbu hududlarda yashovchilar, sayyohlar va haydovchilardan ehtiyot choralariga rioya qilish so‘raldi. Kuchli yomg‘ir paytida daryo, soy va kanallar o‘zaniga yaqinlashmaslik, suv sathi tez ko‘tarilishi mumkin bo‘lgan joylardan uzoqroq turish tavsiya etiladi.

Qashqadaryo viloyati:

  • Yakkabog‘;
  • Dehqonobod;
  • Chiroqchi;
  • Kitob;
  • Shahrisabz;
  • Qamashi;
  • G‘uzor tumanlari.

Surxondaryo viloyati:

  • Sariosiyo;
  • Uzun;
  • Oltinsoy;
  • Denov;
  • Boysun;
  • Sherobod;
  • Sho‘rchi;
  • Qumqo‘rg‘on;
  • Muzrabot tumanlari.

Samarqand viloyati:

  • Urgut;
  • Samarqand;
  • Bulung‘ur;
  • Nurobod;
  • Qo‘shrabot;
  • Kattaqo‘rg‘on;
  • Payariq;
  • Jomboy;
  • Ishtixon tumanlari.

Jizzax viloyati:

  • Zomin;
  • Baxmal;
  • G‘allaorol;
  • Sharof Rashidov;
  • Forish;
  • Yangiobod tumanlari.

Toshkent viloyati:

  • Ohangaron;
  • Bo‘stonliq;
  • Parkent;
  • Piskent;
  • O‘rta Chirchiq;
  • Yuqori Chirchiq tumanlari;
  • Angren va Olmaliq shaharlari.

Namangan viloyati:

  • Pop;
  • Kosonsoy;
  • Chortoq;
  • Chust;
  • Namangan;
  • Yangiqo‘rg‘on tumanlari.

Farg‘ona viloyati:

  • So‘x;
  • Farg‘ona;
  • Beshariq tumanlari;
  • Shohimardon hududi.

Andijon viloyati:

  • Andijon;
  • Asaka;
  • Jalaquduq;
  • Qo‘rg‘ontepa;
  • Paxtaobod;
  • Izboskan;
  • Xo‘jaobod;
  • Marhamat tumanlari;
  • Xonobod shahri.

Sel oqimlari kuchli yog‘ingarchilikdan keyin, ayniqsa, daralar va vaqtinchalik suv o‘zanlarida kutilmaganda yuzaga kelishi mumkin. Ob-havo yomonlashganda tog‘larga safarni kechiktirish, suv bosgan yo‘llardan o‘tmaslik va favqulodda xizmatlarning ko‘rsatmalariga rioya qilish kerak.

3460

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→