Toshkent avtobuslarida yo‘l haqini to‘lamaganlarning 92 foizi yoshlar

Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, o‘n oyda erkaklarga 105 272 ta bayonnoma tuzilgan. Bu umumiy ko‘rsatkichning 75,9 foiziga teng. Ayollarga 33 508 ta yoki jami bayonnomalarning 24,1 foizi rasmiylashtirilgan.
Qoidabuzarlarning katta qismini yoshlar tashkil qilgan:
- 18–30 yoshli yo‘lovchilar: 97 747 ta bayonnoma, 70,4 foiz;
- 16–17 yoshli yo‘lovchilar: 30 533 ta bayonnoma, 22 foiz;
- boshqa yosh toifalari: 10 500 ta bayonnoma, 7,6 foiz.
Shunday qilib, 16–30 yoshli yo‘lovchilarga jami 128 280 ta bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Oktyabrda 25 mingdan ortiq bayonnoma tuzilgan
Nazorat natijalari yil oxiriga yaqin keskin oshgan. Avgustda 10 843 ta, sentyabrda 20 286 ta, oktyabrda esa 25 596 ta bayonnoma tuzilgan. Faqat oktyabrning o‘ziga o‘n oylik jami ko‘rsatkichning 18,4 foizi to‘g‘ri kelgan.
1–9-noyabr kunlari yana 7 757 ta bayonnoma rasmiylashtirilgan. Bu kuniga o‘rtacha 862 ta holat degani. Natijada 1-yanvardan 9-noyabrgacha qayd etilgan qoidabuzarliklar soni 146 537 taga yetgan.
Avtobuslarda to‘lovlarni Toshkent shahrida yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi nazoratchilari tekshirmoqda. Yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga ma’muriy bayonnoma tuziladi.
Transport vazirligi tushumlar avtobuslarning muntazam qatnovi, texnik holatini saqlash, haydovchilar mehnatiga haq to‘lash va xizmat sifatini yaxshilash uchun sarflanishini bildirdi.
Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish qoidalarida shahar yo‘nalishlarida yo‘l haqini to‘lash tartibi va yo‘lovchilarning javobgarligi alohida belgilangan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Shavkat Mirziyoyev dunyoning eng nufuzli musulmonlari reytingida 40-o‘rinni egalladi

Toshkentning Mirobod tumanida ikkita kiberguruh fosh etildi

Milliy gvardiya SIga ega dronlar va robotlarni sinovdan o‘tkazmoqda: yil oxirigacha ularni Toshkent bog‘lariga chiqarish rejalashtirilgan

Toshkentning Chilonzor va Uchtepa tumanlarida 14-noyabr kuni soat 15:00 dan 16:00 gacha elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lishi mumkin
