O‘zbekiston aholisi bir yilda 692 ming kishiga ko‘paydi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, aholining 21 mln 523,8 ming nafari shaharlarda, 18 mln 11,4 ming nafari qishloqlarda yashaydi. Shaharliklar mamlakat aholisining 54,4 foizini tashkil etmoqda.
O‘zbekistonda erkaklar soni 20 mln 14 ming, ayollar soni esa 19 mln 521,2 ming kishiga teng. Umumiy aholining 50,6 foizini erkaklar, 49,4 foizini ayollar tashkil qiladi.
Aholi sonining o‘sish sur’ati so‘nggi yillarga nisbatan biroz pasaygan. Ko‘rsatkich 2024-yilning yanvar–sentyabr oylarida 2,1 foizni, 2025-yilning shu davrida 1,9 foizni tashkil etgan. 2026-yilda esa 1,8 foizgacha tushgan.
Eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida
Samarqand viloyati aholi soni bo‘yicha mamlakatda birinchi o‘rinda turibdi. Hududda 4 mln 462,8 ming kishi yashaydi. Keyingi o‘rinlarni Farg‘ona viloyati 4 mln 293 ming va Toshkent viloyati 3 mln 799,1 ming kishi bilan egallagan.
Qashqadaryo viloyatida 3 mln 746,2 ming, Andijon viloyatida 3 mln 574,4 ming, Toshkent shahrida 3 mln 278,5 ming kishi istiqomat qiladi.
Eng kam aholi Sirdaryo viloyatida qayd etilgan — 965,4 ming kishi. Navoiy viloyatida 1 mln 196,6 ming, Jizzax viloyatida 1 mln 545,2 ming kishi yashaydi.
Foiz hisobida aholi sonining eng yuqori o‘sishi Surxondaryo viloyatida kuzatilgan — 2,2 foiz. Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatida bu ko‘rsatkich 2,1 foizni tashkil etgan.
To‘qqiz oyda 638 mingdan ortiq bola tug‘ildi
2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistonda 638,6 ming bola tug‘ildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26 mingta yoki 3,9 foiz kam. Tug‘ilish koeffitsiyenti har ming aholiga 21,7 tani tashkil etdi.
Yangi tug‘ilganlarning 329,8 ming nafari o‘g‘il, 308,8 ming nafari qiz bolalardir. Chaqaloqlarning 310,5 ming nafari shaharlarda, 328,1 ming nafari qishloqlarda dunyoga kelgan.
Shu davrda 123,4 ming kishi vafot etdi. O‘limlar soni 2025-yilning mos davriga nisbatan 8,8 mingtaga kamaygan. Tug‘ilganlar va vafot etganlar o‘rtasidagi farq 515,2 ming kishini tashkil etdi.
Nikohlar kamaydi, ajrimlar ko‘paydi
To‘qqiz oyda mamlakatda 172 mingta nikoh qayd etildi. Bu bir yil avvalgidan 5 mingtaga kam. Nikohlarning 88 mingtasi shaharlarda, 84 mingtasi qishloqlarda rasmiylashtirilgan.
Yanvar–sentyabr oylarida 36,8 mingta ajrim qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich bir yil ichida 1,4 mingtaga oshgan. Ajrimlarning 21,9 mingtasi shaharlarga, 14,9 mingtasi qishloqlarga to‘g‘ri kelgan.
2026-yil boshida o‘tkazilgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish yakunlari bo‘yicha mamlakatda avvalgi hisobdan 810,6 ming kishi ko‘proq yashashi aniqlangan.
15-yanvar holatiga O‘zbekiston aholisi 39 mln 47 ming kishi deb qayd etilgan. 1-oktyabrga kelib aholi soni yana qariyb 488 ming kishiga oshgan.
Ro‘yxatga olishda aholining 97,3 foizi bevosita qatnashgan. Bu O‘zbekistonda 1989-yildan buyon o‘tkazilgan birinchi umummilliy aholi ro‘yxati bo‘ldi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Shavkat Mirziyoyev dunyoning eng nufuzli musulmonlari reytingida 40-o‘rinni egalladi

Toshkentning Mirobod tumanida ikkita kiberguruh fosh etildi

Milliy gvardiya SIga ega dronlar va robotlarni sinovdan o‘tkazmoqda: yil oxirigacha ularni Toshkent bog‘lariga chiqarish rejalashtirilgan

Toshkentning Chilonzor va Uchtepa tumanlarida 14-noyabr kuni soat 15:00 dan 16:00 gacha elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lishi mumkin
