Yangiliklar/Ekologiya

Özgidromet sel va toşqinlar xavfi haqida ogohlantirdi

Ekologiya 3 noyabr, 12:09
Özgidromet sel va toşqinlar xavfi haqida ogohlantirdi

4-5 noyabr kunlari kutilayotgan yomğirlar sabab Özbekistonning toğ oldi va toğli hududlarida sel va toşqin hodisalari yuz berişi mumkin. Bu haqda Özgidromet ma’lum qildi.

Sinoptiklar ma’lumotiga köra, ayrim hududlarda suv bosişi holatlari ham kuzatilişi ehtimoldan xoli emas. Şu munosabat bilan aholi va mehmonlardan ehtiyot çoralariga amal qiliş söralgan.

Ogohlantiriş Qaşqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toşkent, Namangan, Farğona va Andijon viloyatlarining toğ oldi hamda toğli hududlariga taalluqli.

Jumladan, xavf Qaşqadaryoda Yakkaboğ, Dehqonobod, Çiroqçi, Kitob, Şahrisabz, Qamaşi va Ğuzor tumanlarida, Surxondaryoda esa Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Şerobod, Şörçi, Qumqörğon va Muzrabot tumanlarida kuzatilişi mumkin.

Toşkent viloyatida Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Piskent, Örta Çirçiq va Yuqori Çirçiq tumanlari, şuningdek Angren va Olmaliq şaharlari ogohlantiriş hududlari qatoriga kiritilgan.

Mutaxassislar kuchli yoğingarchilik davrida toğli hududlarga borishda ehtiyot bölishni, soy va daryo özanlari yaqinida töxtamaslikni hamda ob-havo böyicha rasmiy xabarlarni kuzatib borishni tavsiya qilgan.

4140

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→