Toshkentda Taras Shevchenko ko‘chasining bir qismini sayr hududiga aylantirish rejalashtirilmoqda

Toshkentda Taras Shevchenko ko‘chasining Turkiston ko‘chasidan Nukus ko‘chasigacha bo‘lgan qismini sayr hududiga aylantirish rejalashtirilmoqda. Loyiha doirasida bu yerda gastronomik ko‘cha tashkil etish ham ko‘zda tutilgan.
Umumiy maydoni 6,5 ming kvadrat metr bo‘lgan hududda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib boriladi, dam olish maskani tashkil etiladi. Shuningdek, sobiq «Toshkent gerbi» monumenti, xalq orasida «Tanga yodgorligi» nomi bilan tanilgan joyda 65 metr balandlikdagi Davlat bayrog‘ini o‘rnatish rejalashtirilgan.
Loyiha bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi 3-noyabr kuni soat 15:00 da sobiq monument joylashgan hududda o‘tkaziladi. Tadbirkorlar tashabbusini davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish taklif etilgan.
Muhokama davomida loyiha konsepsiyasi, infratuzilmani rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish rejalari taqdim etiladi. Aholi loyiha bilan tanishib, o‘z fikr va takliflarini bildirish imkoniga ega bo‘ladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
