Yangiliklar/Jamiyat

Suyultirilgan gaz narxi kilogrammiga 5000 so‘mga oşadi

Jamiyat 3 noyabr, 13:40
Suyultirilgan gaz narxi kilogrammiga 5000 so‘mga oşadi

15-noyabrdan aholi uchun suyultirilgan gazning bir kilogrammi 2000 sömdan 5000 sömgaça qimmatlaydi. Narx QQSni ham öz içiga oladi. Yangi tarif Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 602-son qarori bilan tasdiqlandi.

Narx oşganidan keyin 20 kilogramm gaz 40 ming söm örniga 100 ming söm turadi. Davlat yordamidan foydalanish huquqiga ega oilalarga har bir kilogramm uchun 3000 sömdan kompensatsiya beriladi. Tölov bir oyda köpi bilan 20 kilogramm gaz uchun hisoblanadi. Şunday qilib, kompensatsiyaning eng yuqori miqdori oyiga 60 ming sömni taşkil etadi. Kompensatsiyadan keyin oila 20 kilogramm gaz uchun avvalgidek 40 ming söm tölaydi.

Kompensatsiya 2030-yil 1-yanvargaça tölanadi. Uni Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar, har bir a’zosiga töğri keladigan örtaça oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlarining ikki baravaridan oşmaydigan oilalar hamda yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bölgan bolalar yaşaydigan oilalar olishi mumkin.

Arizani davlat xizmatlari markazi, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi yoki mahalladagi ijtimoiy xodim orqali topşirish mumkin. Murojaatlar my.gov.uz portali va «Ijtimoiy karta» mobil ilovasida ham qabul qilinadi. Xizmat bepul.

Ariza topşirilgandan söng ijtimoiy himoya axborot tizimi oilaning maqomini tekşiradi. Sotib olingan gaz miqdori va narxi haqidagi ma’lumotlar «Hududgazta’minot» kompaniyasining E-gaz Billing tizimidan olinadi.

Oila belgilangan talablarga javob bersa va gaz xaridi tasdiqlansa, kompensatsiya keyingi oyning tölov röyxatiga kiritiladi. Pul ijtimoiy kartaga ötkaziladi. Qaror haqida ariza beruvçiga SMS va şaxsiy kabinet orqali xabar beriladi.

Har oy qayta ariza topşirish talab qilinmaydi. Tizim oilaning kompensatsiya olish huquqi va gaz xaridlarini avtomatik ravishda tekşirib boradi. Ijtimoiy reyestrga kiritilmagan oilalarning moddiy ahvoli qoşimça örganiladi. Dastlabki tekşiruv murojaatdan üç oy ötib, keyingilari esa har olti oyda ötkaziladi.

Oila belgilangan mezonlarga javob bermasa yoki murojaat qilgan oyda suyultirilgan gaz sotib olmagan bölsa, kompensatsiya berilmaydi.

Qaror bilan gaz yetkazib berish xizmatining eng yuqori narxi ham belgilandi. U QQS bilan birga har bir kilogramm uchun 1300 sömni taşkil etadi.

Gazni birjada xarid qilish va aholiga yetkazib berish bilan «Hududgazta’minot» huzuridagi LPG-Trade kompaniyasi şuğullanadi. Çakana narx davlat tomonidan tartibga solingani sababli kompaniya xarajatlari bilan aholi tölaydigan summa örtasidagi farq respublika budjetidan qoplanadi.

Subsidiya miqdorini hisoblashda gazning birjadagi narxi, yetkazib berish xarajati va amalda yetkazilgan hajm inobatga olinadi. LPG-Trade har oy hisob-kitoblarni Energetika vazirligiga taqdim etadi. Tekşiruvdan söng hujjatlar Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuboriladi.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molçilar huquqlarini himoya qilish qömitasi suyultirilgan gaz narxining sun’iy oşirilishiga yöl qöymaslik uchun birja savdolarini kuzatib boradi.

Bir uyda bir neçta oila yaşasa, ular bitta kadastr raqamiga ega bölsa ham, alohida gaz ballonlarini olishi mumkin. Buning uchun uyda texnik talablarga mos gaz plitalari hamda alohida yoki umumiy oşxona bölishi kerak. Şaroitni «mahalla yettiligi» va gaz ta’minoti taşkiloti vakillari örganib, dalolatnoma tuzadi.

Hukumat narx oşirilishini suyultirilgan gaz yetkazib berishdagi uzilishlar va xarajatlarning köpaygani bilan izohlagan. Özbekistonda maishiy suyultirilgan gazdan qariyb 4 million iste’molçi foydalanadi. Ballonlar odatda 30–35 kunda bir marta yetkaziladi, ayrim hududlarda esa bu muddat 50–70 kunga yetadi.

Yetkazib berishdagi keçikishlar sababli ayrim oilalar gazni bozordan kilogrammiga 11 mingdan 13,5 ming sömgaça narxda sotib olishga majbur bölgan.

Loyiha muhokamasida keltirilgan hisob-kitoblarga köra, Özbekistonda suyultirilgan gaz ishlab çiqarish hajmi 2023-yildagi 883 ming tonnadan 2026-yilda 803 ming tonnagaça kamayadi. Şu davrda import 19 ming tonnadan 713 ming tonnagaça köpayishi kutilmoqda.

Kilogrammiga 5000 sömlik tarif gazni xarid qilish va yetkazib berish xarajatlarini töliq qoplamaydi. Şu sababli davlat yetkazib beruvçiga budjetdan subsidiya ajratishda davom etadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Energetika vazirligi 2027-yil 1-maygaça suyultirilgan gaz narxlarini erkinlashtirish böyiça takliflar tayyorlashi kerak.

4080

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→