Yangiliklar/Jamiyat

Döstlik Cup iştirokçilari Toşkentda şifoxonaga yotqizildi

Jamiyat 3 noyabr, 11:23
Döstlik Cup iştirokçilari Toşkentda şifoxonaga yotqizildi

Qozoqistonning Qarağandı şahridan Döstlik Cup 2026 xalqaro futbol festivalida qatnaşiş uçun kelgan delegatsiyaning 19 nafar a’zosi tibbiy yordamga murojaat qildi. Ulardan 17 nafari şifoxonaga yotqizildi.

Qozoqistonning Özbekistondagi elçixonasi ma’lumotiga ko‘ra, şifoxonaga yotqizilganlar orasida 11 nafar bola va 6 nafar katta yoshli fuqaro bor. Ular Toşkent şahar 5-son klinik yuqumli kasalliklar şifoxonasida davolanmoqda. Elçixona bemorlarning holati barqaror ekanini ma’lum qildi.

Hodisa haqida elçixonaga 1-noyabr kuni xabar berilgan. Şundan so‘ng konsul Saken Perdebekov şifoxonaga borgan va jabrlanganlarga konsullik yordamini ko‘rsatmoqda.

Qozoqiston elçisi ham şifoxonaga taşrif buyurib, davolaniş jarayoni bilan tanişgan hamda bolalarning ota-onalari bilan uçraşgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, delegatsiya a’zolari 31-oktabr kuni mehmonxonadagi nonuştadan keyin o‘zlarini yomon his qila başlagan. Biroq holatning aniq sababi hozirça rasman ma’lum qilinmagan.

Bemorlarni tekşiriş va davolaş işlariga Toşkent tibbiyot universiteti mutaxassislari hamda sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari jalb etilgan. Voqea yuzasidan o‘rganiş ishlari davom etmoqda.

4320

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→