Hafta davomida O‘zbekistonda havo +25 darajagacha isiydi

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, hafta davomida O‘zbekistonda nisbatan iliq ob-havo saqlanib qoladi.
3- va 4-noyabr kunlari kunduzgi harorat +20...+23 daraja atrofida bo‘ladi.
5-noyabr kuni Buxoro, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarining ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Kechga borib respublikaning boshqa hududlarida ham yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. Shimoliy va sharqiy tumanlarda esa yog‘ingarchilik kutilmayapti.
6-noyabrga o‘tar kechasi va ertalab mamlakatning markaziy hamda sharqiy hududlarida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. 7-noyabr kuni esa deyarli barcha hududlarda yog‘ingarchilik to‘xtaydi. Faqat Qoraqalpog‘istonning shimoliy tumanlarida qisqa muddatli yomg‘ir bo‘lishi mumkin.
Hafta davomida tungi harorat +7...+12 daraja, kunduzgi harorat esa +18...+25 daraja oralig‘ida bo‘ladi. Janubiy hududlarda havo harorati +27 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.
Shamol sharqdan sekundiga 7−12 metr tezlikda esadi. Tog‘li hududlarda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘larda esa yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor.
Poytaxtda hafta asosan yog‘ingarchiliksiz o‘tadi. Chorshanba kechqurun, shuningdek payshanba kuni kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechalari +8...+10 daraja, kunduzlari esa +20...+22 daraja atrofida bo‘ladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
