Yangiliklar/Siyosat

2027-yildan xorijga ishga yuborish xususiy agentliklarga o‘tadi

Siyosat 2 noyabr, 15:25
2027-yildan xorijga ishga yuborish xususiy agentliklarga o‘tadi

O‘zbekistonda 2027-yildan fuqarolarni xorijga ishga yuborish vazifasini xususiy bandlik agentliklariga topshirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 2-noyabr kuni o‘tkazilgan mehnat migratsiyasiga bağışlangan yiğilişda ma’lum qildi.

Prezidentning aytishicha, litsenziya olish tartibi soddalashtirilganidan keyin so‘nggi ikki yilda xususiy bandlik agentliklari soni uch baravar, ular orqali xorijga ishga joylashgan fuqarolar soni esa besh baravar oshgan.

Shu bilan birga, ayrim hollarda firibgarlik, korrupsiya va fuqarolarni aldash holatlari ham kuzatilgan. Shu sababli avvalroq xususiy agentliklar faoliyatini tartibga soluvchi alohida qonun qabul qilingan.

Endilikda xorijga ishga yuborish bilan eng ishonchli xususiy agentliklar shug‘ullanishi ko‘zda tutilmoqda. Ularni rag‘batlantirish uchun yuqori daromadli ishga joylashtirilgan har bir fuqaro uchun 1,5 million so‘mdan mablag‘ ajratiladi.

Agentliklarga fuqarolarni kasb va tilga o‘qitish uchun texnikumlarning bo‘sh xonalari bepul foydalanishga berilishi ham rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, xorijdan jalb etilgan o‘qituvchilar va mutaxassislar uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz etib belgilash, o‘quv jarayonida foydalaniladigan uskunalarni bojxona to‘lovlaridan ozod qilish taklif qilindi.

Xususiy agentliklar faoliyati reyting tizimi asosida baholanadi. Bunda fuqarolarning amalda ishga joylashgani, ularning ish haqi darajasi, mehnat huquqlarining ta’minlanishi va ijtimoiy kafolatlar asosiy mezon bo‘ladi.

Prezident bir oy muddatda xususiy bandlik agentliklari faoliyatini yanada isloh qilishga qaratilgan qaror loyihasini tayyorlashni topshirdi. Shuningdek, bu faoliyatni ijtimoiy xizmat turi sifatida e’tirof etish va unga nisbatan soliq yondashuvini qayta ko‘rib chiqish taklif etildi.

2026-yil uchinchi choragi yakunlariga ko‘ra, 47 ta xususiy bandlik agentligidan atigi uchtasi “yaxshi” baholangan. To‘rtta agentlik qoniqarli natija ko‘rsatgan bo‘lsa, qolganlar faoliyati qoniqarsiz deb topilgan.

1570

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→