Binance 6,3 mlrd dollarlik xavfsizlik hodisasi haqida xabar berdi

Binance xavfsizlik hodisasi qariyb 6,3 mlrd dollarlik aktivlarga ta’sir qilganini ma’lum qildi. Boshqa kriptobozor ishtirokchilari yordamida 3 mlrd dollarga yaqin mablag‘ bloklangan.
Birja kriptoaktivlarni kiritish va chiqarishni vaqtincha to‘xtatdi. Zararlangan manzillarga berilgan ruxsatlar bekor qilindi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va blokcheyndagi operatsiyalarni kuzatuvchi mutaxassislar tekshiruvga jalb etildi.
Kompaniya mijozlar mablag‘i himoyalanganini bildirdi. Aktivlarning bir qismini qaytarib bo‘lmasa, zarar SAFU zaxira jamg‘armasi va Binancening o‘z mablag‘i hisobidan qoplanadi.
Dastlabki taxminga ko‘ra, hujumchi DevOps muhandisining noutbuki orqali tizimga kirib, ruxsatsiz pul o‘tkazmalarini amalga oshirgan. Kompaniya kriptohamyonlarning yopiq kalitlari o‘g‘irlanganiga oid dalil topmaganini aytdi.
Ehtimoliy hujum haqidagi xabarlar birjaning tezkor operatsiyalar uchun ishlatiladigan internetga ulangan «issiq hamyonlari»dan yirik mablag‘lar o‘tkazilganidan so‘ng paydo bo‘ldi. Tahlilchilar bu manzillardan 3 mlrd dollardan ortiq aktiv chiqarilganini bildirdi.
Binance asoschisi Chanpen Chjao hodisa xakerlik hujumiga o‘xshashini aytdi. U hozir kompaniyani boshqarmaydi.
Xabarlardan so‘ng bitkoin va boshqa kriptoaktivlar narxi pasaydi. Bir soat ichida birjalarda kredit yelkasi bilan ochilgan 600 mln dollardan ortiq uzun pozitsiya majburan yopildi.
Binance tekshiruv tugagach texnik hisobotni e’lon qilishini bildirdi. Zararning yakuniy miqdori hozircha aniqlanmagan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
