Yangiliklar/Jamiyat

Farğonada 105 bolaning zaharlanişi boyiça hukm öqildi

Jamiyat 29 oktyabr, 14:10
Farğonada 105 bolaning zaharlanişi boyiça hukm öqildi

Jinoyat işlari boyiça Furqat tuman sudi Farğonadagi davlat boğçalarining 105 nafar tarbiyalanuvçisi zaharlanişi boyiça Garden Catering Trade kompaniyasining tört xodimiga hukm öqidi.

Sud bolalarning kasallanişi kompaniya 20-fevral kuni 15 ta boğçaga yetkazib bergan taomlar bilan boğliqligini aniqladi. Bolalarda qorin oğriği, köngil aynişi, qusiş, iç ketishi va tana haroratining kötarilişi kuzatilgan.

Garden Catering Trade Farğona, Marğilon va Quvasoy şaharlari, şuningdek, Quva va Farğona tumanlaridagi 238 ta davlat boğçasini oziq-ovqat bilan ta’minlagan.

Taomlarda salmonella va stafilokokk aniqlandi

Tayyor ovqat namunalarida Salmonella enteritidis va Staphylococcus aureus bakteriyalari topildi.

Jabrlanganlardan olingan 316 ta namunaning 80 tasida içak tayoqçasi guruhiga mansub bakteriyalar, yana ön tasida patogen stafilokokk aniqlandi.

Ekspertiza bolalarning ommaviy kasallanişini Garden Catering Trade mahsulotlari bilan boğladi.

Tekşiruvda ayrim mahsulotlarning sifat sertifikati yöqligi ham ma’lum böldi. Sanitariya xizmati quyidagi mahsulotlarni ovqat tayyorlaşda ishlatişni taqiqladi:

  • 11 461 kg göşt;
  • 1 528 kg nöxat;
  • 9 050 kg guruç.

Direktorning jazosi üç yil töqqiz kunni taşkil etdi

Kompaniya rahbari Ş. T. sanitariya qoidalarini buziş, oğrilik, özlaştiriş yoki rastrata hamda hujjatlarni qalbakilaştirişda aybdor deb topildi.

Sud unga üç yil olti oy ozodlikni çeklaş jazosini tayinladi. Qamoqda ötkazgan vaqti hisobga olingaç, yakuniy jazo muddati üç yil töqqiz kunni taşkil etdi.

Kompaniya texnologi R. A. sanitariya qonunçiligini buzişda aybdor deb topildi. Unga üç yil ozodlikni çeklaş jazosi berildi. Qamoqda ötkazgan muddati hisobga olinib, yakuniy jazo ikki yil olti oy töqqiz kun deb belgilandi.

Sobiq direktor İ. B. va boş hisobçi A. S. özlaştiriş yoki rastrata hamda hujjatlarni qalbakilaştirişda aybdor deb topildi. Ularning har biriga iş haqining 20 foizini davlat foydasiga undiriş bilan üç yil axloq tuzatiş işleri tayinlandi.

Budjetga yetkazilgan zarar 1,11 mlrd söm deb topildi

İş materiallariga köra, kompaniya xodimlari oziq-ovqat buyurtmalarida bolalar sonini sun’iy ravishda köp körsatgan va budjet mablağlarini oliş uçun notoğri hisobotlar topşirgan.

Aniqlangan summalar:

  • 330,8 mln söm — bolalar soni oşirib körsatilgan arizalar boyiça;
  • 263,3 mln söm — oziq-ovqat qiymatini hisoblaşdagi qoidabuzişlar orqali;
  • 171,1 mln söm — Quvasoydagi 22 ta boğça hujjatlariga asossiz 30 foizlik ustama qöşilişi natijasida;
  • 53,4 mln söm — iste’molga yaroqsiz deb topilib, yetkazib beruvçiga qaytarilgan mahsulotlar uçun;
  • 70,8 mln söm — tarbiyalanuvçilar sonini oşirib körsatiş orqali.

Jinoyat işi boyiça davlat budjetiga yetkazilgan umumiy zarar 1,1139 mlrd sömni taşkil etdi. Sud uşbu mablağni budjetga ötkazişni belgiladi.

Kompaniya Quvasoydagi boğçalardan birining elektr tarmoğiga özboşimçalik bilan ulangani ham aniqlandi. Bundan yetkazilgan 105,89 mln sömlik zarar alohida undiriladi.

8850

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→