Yangiliklar/Siyosat

Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkiloti sammitida qatnaşadi

Siyosat 29 oktyabr, 09:58
Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkiloti sammitida qatnaşadi

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 29–30-oktabr kunlari amaliy taşrif bilan Turkiyada böladi. Taşrif Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdoğanning taklifiga binoan amalga oşiriladi.

Şavkat Mirziyoyev Anqarada ötkaziladigan Turkiy davlatlar taşkilotining navbatdagi sammitida qatnaşadi. Uçraşuv «Turk asri: tilda, fikrda va işda birlik» mavzusiga bağışlanadi.

Delegatsiyalar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik, transport-logistika yönalişlari, madaniyat, turizm, ekologiya va ta’lim masalalarini muhokama qiladi.

Davlatlar rahbarlari xalqaro va mintaqaviy vaziyat yuzasidan ham fikr almaşadi. Bu qismning batafsil kun tartibi açıqlanmadi.

Sammit yakunida Anqara deklaratsiyasi hamda taşkilotga a’zo davlatlar örtasidagi hamkorlikka oid qaror va hujjatlarni qabul qiliş rejaläştirilgan.

5000

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→