Yangiliklar/Jamiyat

Özbekistonda median maosh 4,17 mln sömni taşkil etdi

Jamiyat 28 oktyabr, 12:22
Özbekistonda median maosh 4,17 mln sömni taşkil etdi

Özbekistonda 2026-yil yanvar–avgust oylaridagi median iş haqi 4,166 mln sömni taşkil etdi. Bu hisobga olingan xodimlarning yarmi uşbu miqdordan kam, qolgan yarmi esa köp maosh olganini anglatadi.

Milliy statistika qömitasi median maosh hisobini birinçi marta eksperimental tartibda e’lon qildi. Körsatkiç jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği çegirilmagan iş haqi ma’lumotlari asosida hisoblangan.

Yanvar–sentabr oylaridagi örtaça nominal hisoblangan iş haqi 7,274 mln sömga yetgan. Bu 2025-yilning mos davridagi 6,17 mln sömga nisbatan 18 foiz köp.

Örtaça va median maoshni töğridan-töğri soliştirib bölmaydi. Birinçi körsatkiç töqqiz oy, ikkinçisi esa sakkiz oy uçun hisoblangan. Sentabr oyidagi daromadlar haqidagi ma’lumotlar median hisob tayyorlangan paytda töliq şakllanmagan.

Statistikaga kiçik korxonalar, mikrofirmalar va qişloq xöjaligi korxonalaridagi iş haqi kiritilmagan. Şu sababli e’lon qilingan raqamlar mamlakatdagi barça işçilarning maoshini aks ettirmaydi.

Örtaça iş haqiga ayrim xodimlarning yuqori daromadi kuçli ta’sir qiladi. Masalan, beş xodim 3 mln, 4 mln, 5 mln, 6 mln va 22 mln söm maosh olsa, örtaça körsatkiç 8 mln sömni taşkil etadi. Vaholanki, beş xodimdan tört nafari bu miqdordan kam oladi.

Uşbu misolda median maosh 5 mln söm böladi. Ikki xodim bundan kam, yana ikki xodim esa köp maosh oladi. Şu bois median körsatkiç iş haqining taqsimotini örtaça maoshga qaraganda aniqroq ifodalaydi.

Toşkentdagi örtaça maosh 12,3 mln sömga yetdi

Eng yuqori örtaça maosh Toşkent şahrida qayd etilgan — 12,3 mln söm. Bu mamlakatdagi örtaça körsatkiçdan qariyb 1,7 baravar köp.

Keyingi örinlarni Navoiy viloyati — 8,82 mln söm va Toşkent viloyati — 6,89 mln söm bilan egallagan.

Eng past örtaça maosh Qaşqadaryo viloyatida — 4,97 mln söm va Surxondaryo viloyatida — 4,99 mln sömni taşkil etgan. Toşkent şahridagi körsatkiç Qaşqadaryodagidan qariyb 2,5 baravar yuqori.

Maoshlar eng tez Namangan viloyatida oşgan — 20,3 foiz. Jizzax viloyatida ösiş 19,8 foizni, Toşkent viloyatida 19,1 foizni taşkil etgan. Eng past ösiş Samarqand viloyatida qayd etilgan — 11,5 foiz.

Toşkentdagi median maosh 6,79 mln söm

Median iş haqi boyiça ham Toşkent birinçi örinda — 6,79 mln söm. Navoiy viloyatida bu körsatkiç 6,21 mln sömni, Toşkent viloyatida 4,32 mln sömni taşkil etgan.

Eng past median maosh Sirdaryo viloyatida qayd etilgan — 3 mln söm. Qaşqadaryo va Namangan viloyatlarida körsatkiç 3,03 mln sömdan bölgan.

Filiallarga ega korxonalar xodimlari ularning haqiqiy iş joyi boyiça emas, yuridik şaxs röyxatdan ötgan hudud boyiça hisoblangan. Bu ayrim hududlardagi körsatkiçlarga ta’sir qilişi mumkin.

Eng yuqori maosh moliya sohasida

Bank, suğurta, lizing va kredit sohalaridagi örtaça maosh 19,71 mln sömni taşkil etgan. Yillik ösiş 17,8 foiz bölgan.

Axborot va aloqa sohasida örtaça maosh 17,01 mln sömga yetgan. Dasturlaş, maslahat va ularga boğliq xizmatlarda esa körsatkiç 22,28 mln sömni taşkil etgan.

Transport va saqlaş sohasidagi örtaça maosh 11,27 mln söm bölgan. Bu yönalişda iş haqi bir yilda 19,8 foizga oşgan.

Sanoatda örtaça maosh 8,37 mln söm, savdoda 7,69 mln söm, qurilişda esa 7,14 mln sömni taşkil etgan.

Soğliqni saqlaşdagi örtaça maosh 4,45 mln söm

Keltirilgan sohalar orasida eng past örtaça maosh soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlarda qayd etilgan — 4,45 mln söm. Bu moliya sohasidagi körsatkiçdan 4,4 baravar kam.

Ta’lim sohasidagi örtaça maosh 5,02 mln sömni taşkil etgan. Biroq ta’lim bosqiçlari örtasidagi farq katta:

  • oliy ta’limda — 11,52 mln söm;
  • texnik va professional ta’limda — 5,35 mln söm;
  • umumiy örta ta’limda — 4,79 mln söm;
  • maktabgaça ta’limda — 2,85 mln söm.

Maktab xodimlarining örtaça maoshi mamlakat körsatkiçining 65,9 foiziga teng. Bir yil oldin bu nisbat 67,1 foiz edi. Maktablardagi maosh 15,8 foizga, mamlakat boyiça esa 18 foizga oşgani sabab farq kengaygan.

Ovqatlaniş va joylaştiriş xizmatlarida median maosh 2,86 mln söm

Eng yuqori median maosh moliya va suğurta sohasida qayd etilgan — 11,36 mln söm. Axborot va aloqada u 8,75 mln sömni, transport va saqlaşda 8,3 mln sömni taşkil etgan.

Boshqa sohalardagi median iş haqi:

  • sanoatda — 5,86 mln söm;
  • savdoda — 4,65 mln söm;
  • qurilişda — 3,94 mln söm;
  • san’at, köngiloçar xizmatlar va dam olişda — 3,65 mln söm;
  • soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlarda — 3,27 mln söm;
  • ta’limda — 3,21 mln söm;
  • joylaştiriş va ovqatlaniş xizmatlarida — 2,86 mln söm.

Median maosh hisobi hozirça eksperimental xarakterga ega va yillik davlat statistika dasturiga kiritilmagan.

4830

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→