«Dok-1 Maks»dan jabr körgan oilalarga 80 mlrd söm töländi

«Dok-1 Maks» siropi işida jabr körgan 88 kişinin oilasiga 80 mlrd söm kompensatsiya töländi, deb xabar berdi Soğliqni saqläş vazirligi.
Mablağning:
- 72,2 mlrd sömi vafot etgan 72 bolaning oilasiga;
- 7,8 mlrd sömi davolangan yoki davolanişni davom ettirayotgan 16 bolaning oilasiga berildi.
Yana ikki oilaga jami 2 mlrd söm töläş qoldi. Pullar bank kartalari bilan boğliq texnik masalalar hal etilganidan keyin ötkaziladi. Şundan söng kompensatsiyalarning umumiy miqdori 82 mlrd sömga yetadi.
Avval aybdor şaxslardan 16,8 mlrd söm undirilgan. Xatlangan mol-mulkni sotiş çözilgani sabab davlat budjetidan 65,2 mlrd söm ajratildi.
Budjetdan berilgan mablağ aybdorlarning mol-mulki sotilib, ulardan qarzdorlik undirilgani sayin davlatga qaytariladi.
Soğliqni saqläş vazirligi, boshqa idoralar va respublika tibbiyot markazlari vakillari jabr körgan oilalarning holatini örganmoqda. Bolalarga qoşimça tibbiy va psixologik yordam körsatilmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
