Yangiliklar/Ekologiya

Dam olish kunlari havo harorati −2 darajagacha tushadi

Ekologiya 24 oktyabr, 12:07
Dam olish kunlari havo harorati −2 darajagacha tushadi

O‘zbekistonda 24–25-oktyabr kunlari yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda. Shimoliy hududlarda kechasi havo harorati −2 darajagacha pasayadi. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.

Shimoliy hududlarda kechasi harorat −2 darajagacha tushadi, kunduzi esa +12…+17 daraja bo‘ladi.

Mamlakatning boshqa hududlarida kechasi +3…+8 daraja, kunduzi +15…+20 daraja iliq havo kuzatiladi.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi havo harorati +5…+7 daraja, kunduzi esa +17…+19 daraja bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

6,7590

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→