Yangiliklar/Siyosat

Markaziy bank: 1 mln sömlik banknota çiqarilmaydi

Siyosat 23 oktyabr, 20:19
Markaziy bank: 1 mln sömlik banknota çiqarilmaydi

Özbekiston Markaziy banki 1 mln sömlik banknota çiqariş rejalashtirilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda birinçi prezident Islom Karimov surati tuşirilgan yangi banknota dizayni tarqalgan edi. Markaziy bank bu ma’lumotni yolğon deb atadi va pul belgilariga oid xabarlarni regulyatorning rasmiy sahifalaridan tekşirişni söradi.

Özbekistonda banknota va tangalarni faqat Markaziy bank muomalaga çiqaradi. Pul belgilarining namunasi va dizayni Oliy Majlis Senati Kengaşi bilan kelişilgan holda tasdiqlanadi. Yangi banknotalar haqida ular muomalaga çiqarilişidan oldin rasmiy xabar beriladi.

Mamlakatdagi eng yirik banknota 200 miŋ sömlik kupyura bölib qolmoqda. U 2022-yil 15-iyulda muomalaga çiqarilgan.

7960

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→