Yangi özbek alifbosi 2027-yil 22-apreldan amal qiladi

Lotin yozuviga asoslangan yangi özbek alifbosi 2027-yil 22-apreldan kuçga kiradi. Prezident Şavkat Mirziyoyev tegishli qonunni 2026-yil 21-oktabrda imzoladi.
Yangi alifbo 28 ta harf va tutuq belgisidan iborat. Unda quyidagi özgarişlar belgilangan:
- Sh → Ş;
- Ch → Ç;
- Oʻ → Ö;
- Gʻ → Ğ.
Ng alifbodan alohida harf birikmasi sifatida çiqarildi. Bu tovush sözlarda n va g harflari orqali yoziladi.
Masalan, yangi alifboda shahar sözi şahar, chiroyli sözi çiroyli, Oʻzbekiston sözi Özbekiston, toʻgʻri esa toğri şaklida yoziladi.
Muhim jihati, amaldagi Oʻ harfi örniga Ö qabul qilindi. Avval muhokama qilingan va 1993-yilgi alifboda ishlatilgan Õ yangi variantga kiritilmadi.
Eski hujjatlar kuçini saqlab qoladi
Qonun kuçga kirguniga qadar berilgan hujjatlarni yangilash şart emas. Ulardagi eski alifbo harflari hujjatlarning amal qilişiga təsir qilmaydi.
Bu qoida milliy valyuta va qimmatli qoğozlarga ham tegishli. Ular muomalada qolişda davom etadi.
Davlat idoralari va taşkilotlarining ramzlari, binolardagi davlat gerbi tasvirlari, peshlavhalar, geografik obyektlar nomi yozilgan körsatkiçlar ham yaroqsiz holga kelgunça yoki hukumat belgilagan muddatga qadar ishlatiladi.
Vazirlar Mahkamasi ikki oy içida yangi alifboni joriy etiş dasturini tasdiqlaşi kerak. Unda darsliklar, peshlavhalar, körsatkiçlar va boşqa materiallarni yangilaş muddatlari belgilanişi kutilmoqda.
Özbek lotin alifbosi qanday özgargan
Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosi 1993-yilda qabul qilingan. Uning dastlabki variantida Ş, Ç, Õ va Ğ kabi diakritik belgili harflar mavjud edi.
1995-yilda bu harflar Sh, Ch, Oʻ va Gʻ birikmalariga almaştirildi. Ng esa alohida harf birikmasi sifatida alifboga kiritildi. Natijada alifbo 26 ta harf va uçta harf birikmasidan iborat böldi.
Lotin yozuviga töliq ötiş dastlab 2000-yilgaça yakunlanişi kerak edi. Biroq mamlakatda kirill va lotin yozuvlari parallel ravishda ishlatilib kelmoqda.
Qonunçilik palatasi alifboni özgartiriş haqidagi qonunni 2026-yil 7-iyulda qabul qildi. Senat uni 10-sentabrda ma’qulladi. Qonun 21-oktabr, özbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi kuni imzolandi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
