Xorazmda bir oilaning tört a’zosi vafot etdi

Xorazm viloyatining Boğot tumanida bir oilaning tört a’zosi, ayol va uning voyaga yetmagan uç nafar qizi vafot etdi. Ma’lumotni Özbekiston Boş prokuraturasi matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov tasdiqladi.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, ular 8-oktabr kuni bir kun avval tuğilgan kun uçun tayyorlangan taomlarni iste’mol qilgan. Qizlarning eng kattasi 7 yoşda bölgan.
Mahalla raisining Kun.uz’ga aytişiça, oila tuğilgan kunni nişonlagan. Ertasi kuni ayol qizlari bilan bayramdan qolgan salatni yegan. Taomlarni ayolning özi tayyorlagan, eri esa öşa kuni uyda bölmagan.
Hozirça aynan qaysi mahsulot ölimga sabab bölgani tasdiqlanmagan. Buni sud-tibbiy va laboratoriya ekspertizalari aniqlaydi.
Tergovga favqulodda vaziyatlar va soğliqni saqlaş boşqarmalari, şuningdek, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati vakillari jalb qilingan.
10-oktabr kuni Jinoyat kodeksining 276-11-moddasi törtinçi qismi «a» bandi böyiça jinoyat işi qözğatildi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
