Söxda yangi örnatilgan simyoğoç qulab, erkak oyoğidan ayrildi

Farğona viloyatining Söx tumani Qizilqiyoq mahallasida yangi örnatilgan beton simyoğoç qulab, 61 yaşli Mirzomamat Sohibnazarovning oyoğini bosib qoldi. Jarohat oğir bölgani sabab şifokorlar uning öng oyoğini kesib taşlagan.
Jabrlanuvçining oğli Rofidjon Avazmamatov Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, beton tayanch 4-sentabr kuni ularning uyi darvozasi yoniga xususiy firma va elektr tarmoği xodimlari tomonidan örnatilgan.
Ertasi kuni simyoğoç tagidan sinib, köçaga çiqqan Mirzomamat Sohibnazarovning oyoği ustiga tüşgan.
Erkak Söx tumani markaziy şifoxonasiga olib borilgan. Keyin uni Farğona şahridagi şifoxonaga yuborişgan. U yerda bemorning öng oyoği amputatsiya qilingan.
Rofidjon Avazmamatovning aytişiça, otasi hozirgaça uyda davolanmoqda. Uning ta’kidlaşiça, hodisadan keyingi üç oy davomida tayanchni tayyorlagan yoki örnatgan taşkilotlar oila bilan boğlanmagan.
Söx tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari Şerzod Rahimov singan ustun xususiy korxona tomonidan işlab çiqarilib, örnatilganini aytdi.
Kun.uzga köra, tayanch «Solihaxon Saidaxon» xususiy korxonasida işlab çiqarilgan. Uni Qizilqiyoq mahallasiga «Söx trans dunyo jahon» qöşma korxonasi örnatgan.
Mazkur korxonalar hodisa yuzasidan oçıq munosabat bildirmagan. Simyoğoç nega singani, uning sifati ekspertizadan ötkazilgani va voqea böyiça jinoyat yoki ma’muriy iş qözğatilgani haqida ma’lumot yöq.
Tayanchning qulaşiga beton qoruşmasi, işlab çiqariş texnologiyasi, taşiş yoki örnatişdagi xato sabab bölganini texnik ekspertiza aniqlay oladi. Şu bois ustunning sifatsiz ekani hozirça faqat jabrlanuvçi tomonning da’vosi sifatida körsatilmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
