Samarqandda bolalar uchun «IMKON» markazi ochildi

Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga qarashli «IMKON» markazi ochildi.
Ochilish marosimida O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva, shuningdek, «Bolalar farovonligiga investitsiyalar: kelajak avlodlar uchun barqaror va teng huquqli rivojlanish sari» xalqaro sammitida ishtirok etayotgan birinchi xonimlar va yuqori martabali mehmonlar qatnashdi.

Markazda maktabgacha ta’lim va ambulator reabilitatsiya bo‘limlari faoliyat yuritadi. Har bir bola uchun uning ehtiyojlariga mos individual dastur tuziladi. Ota-onalar esa bolada shakllangan ko‘nikmalarni uy sharoitida rivojlantirish bo‘yicha mutaxassislardan tavsiyalar olishlari mumkin.
Maktabgacha ta’lim bo‘limi 2–7 yoshdagi 150 nafar bolaga mo‘ljallangan. Bu yerda 10 ta ixtisoslashtirilgan guruh tashkil etilgan.

Ambulator reabilitatsiya bo‘limida 2–18 yoshdagi qariyb 100 nafar bola har oy reabilitatsiya kurslaridan o‘tishi. Xizmatlar davolovchi jismoniy mashqlar, nutq va mayda motorikani rivojlantirish mashg‘ulotlari, sensor integratsiya, fizioterapiya hamda boshqa muolajalarni o‘z ichiga oladi.
Bolalar bilan yetti yo‘nalishdagi shifokorlar, defektolog-pedagoglar, logopedlar, psixologlar va reabilitatsiya mutaxassislari ishlaydi.

Samarqanddagi markaz «IMKON» tarmog‘ining Nukus, Qibray, Qarshi va Zarafshon shaharlaridagi muassasalariga qo‘shildi. 2025-yilda tarmoq markazlarida 546 mingdan ortiq muolaja va mashg‘ulot o‘tkazilgan, 3 777 nafar bola ambulator reabilitatsiyadan o‘tgan.
Tarmoqni kengaytirish ishlari ham davom etmoqda. Farg‘onada yangi markaz qurilishi boshlangan, Namangan va Toshkent viloyatining Nurafshon shaharlarida ham shunday muassasalarni ochish rejalashtirilgan.

Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
