Yangiliklar/Jamiyat

«Gelon» kurortining birinçi bosqiçi 2027-yilda oçiladi

Jamiyat 22 oktyabr, 15:10
«Gelon» kurortining birinçi bosqiçi 2027-yilda oçiladi

«Gelon» xalqaro umumfasliy kurortining birinçi bosqiçini 2027-yilda işga tuşiriş reja qilinmoqda. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyev 22-oktabr kuni Qaşqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça ötkazilgan yiğilişda ma’lum qildi.

Kurort Şahrisabz tumanidagi Gelon va Sarçaşma qişloqlari orasida qurilmoqda. Loyiha Rossiya, jumladan Tatariston kompaniyalari iştirokida amalga oşiriladi.

Loyihaning dastlabki qiymati 300 mln dollarni taşkil etadi. Q uriliş üç bosqiçga bölingan bölib, 2030-yilgaça yakunlanişi kerak. Birinçi bosqiçda investor 100 mln dollar sarflaşni rejalashtirgan.

Turistik-rekreatsion zona qariyb 2,9 miŋ gektarni egallaydi. U 30 yil muddatga, keyinçalik uzaytiriş imkoniyati bilan taşkil etilgan. Hududda mehmonxonalar, sağlomlaştiriş, savdo va köngiloçar obyektlar, şuningdek, muhandislik infratuzilmasi quriladi.

Kurortda nimalar quriladi?

Loyihaning birinçi bosqiçida quyidagi obyektlarni quriliş rejalashtirilgan:

  • Gelon va Sarçaşma örtasida 5,9 km uzunlikdagi gondol kanat yöli;
  • törtta toğ-çanği trassasi;
  • 35 ta villa;
  • tört yulduzli mehmonxona;
  • tashrif markazi va restoran;
  • köp qavatli avtoturargoh;
  • vertolyot maydonçasi.

2027-yilda aynan qaysi obyektlar sayyohlar uçun oçilişi hozirça ma’lum qilinmagan.

Keyingi bosqiçlarda yana 21 ta çanği trassasi, bir neçta kanat yöli, üç yulduzdan beş yulduzgaça toifadagi üçta mehmonxona, 75 ta villa, kuzatuv minorasi, ziplayn va skaypark qurilişi rejalashtirilgan.

Loyiha töliq yakunlanganda çanği trassalarining uzunligi qariyb 100 km, kanat yöllariniki esa 23 km ga yetişi mumkin. Kurort bir vaqtning özida 13 mingaça turistni qabul qilişi kutilmoqda. Bu körsatkiçlar birinçi bosqiçga emas, butun majmuaga tegishli.

Loyiha doirasida 4 miŋdan ortiq iş örni yaratiş möljallangan.

Kurortga olib boruvçi yöllar rekonstruksiya qilinadi

Turistik zonaga olib boruvçi yöllar va muhandislik tarmoqlari ham yangilanadi. Prezident qarorida umumiy uzunligi 33 km bölgan «Hisorak — Gelon» va «Hisorak — Sarçaşma» yöllarini rekonstruksiya qiliş belgilangan. «Çiroqçi — Şörquduq» avtomobil yölining 30 km qismi ham yangilanadi.

Kurort çegarasiga elektr energiyasi, içimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlari olib boriladi. Yöllar va taşqi kommunikatsiyalar qurilişiga turistik-rekreatsion zona direksiyasi mas’ul böladi.

Bu işlar uçun 2024–2026-yillarda 280,6 mlrd söm yönaltiriş rejalashtirilgan. Infratuzilma qurilişining hozirgi holati va yakunlaş muddati oçiqlanmagan.

Yana beşta qişloqda turizm rivojlantiriladi

Prezidentning aytişiça, 2026-yil boşidan Qaşqadaryo viloyatiga 2,5 mln turist kelgan. Ularning 500 ming nafari Gelonga bor gan. Viloyatning yillik salohiyati 6 mln turistga baholangan.

Gelondan taşqari, yana beşta toğli qişloqda turizm rivojlantiriladi. Çiroqçi tumanidagi Tarağay, Kitob tumanidagi Başir va Yakkaboğ tumanidagi Tatar qişloqlarini etnoturizm markazlariga aylantiriş taklif etilgan.

Şahrisabz tumanidagi Sayyod va Suvtuşar qişloqlarida esa toğ daryolaridan foydalangan holda rafting va sport turizmi rivojlantiriladi.

Mas’ul idoralar Gelon bilan birga oltita qişloq uçun yagona master-reja tayyorlaydi. Umumiy qiymati 50 mln dollar bölgan loyihalarni 2027-yil 1-martdan amalga oşiriş boshlanadi.

Ğuzor tumanida har bahor «Lola va kabob», Kökdala tumanida esa «Çiyal yaxna» gastronomik festivallarini ötkaziş rejalashtirilgan.

1,1310

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→