Fransiyada ilk bor insonda Shamonda virusi aniqlandi

Fransiyada ilk bor insonda Shamonda virusi aniqlangan. Fransiya sog‘liqni saqlash organlari ma’lumotiga ko‘ra, bu virus ilgari faqat hayvonlarda qayd etilgan.
Og‘ir immunitet tanqisligidan aziyat chekkan bemor Hospices Civils de Lyon shifoxonasida jiddiy kasallik bo‘yicha davolanayotgan edi. U oktabr oyi boshida vafot etgan. Hozirda mutaxassislar bemorning virusni qanday yuqtirganini va infeksiya uning o‘limiga aloqador bo‘lgan-bo‘lmaganini aniqlamoqda.
Shamonda virusi ortobunyaviruslar guruhiga kiradi. U hayvonlarga Culicoides urug‘iga mansub mayda qon so‘ruvchi chivinlar chaqishi orqali yuqadi. Virus ilk bor 1960-yillarning o‘rtalarida Nigeriyada aniqlangan.
2026-yil yozida virus Yevropada, jumladan, Fransiyada ham qayd etilgan. Ungacha uning odamlarda yuqtirish holatlari rasman qayd etilmagan edi.
Mutaxassislarning taxminiga ko‘ra, bemor Fransiyaning sharqiy hududlaridan birida, virus hayvonlar orasida tarqalgan davrda chivin chaqishi oqibatida zararlangan bo‘lishi mumkin. Biroq bu taxmin hozircha tekshirilmoqda.
Fransiya rasmiylarining dastlabki bahosiga ko‘ra, hozircha keng aholi uchun xavf aniqlanmagan. Mazkur holat bemorda og‘ir immunitet tanqisligi bo‘lgani sababli alohida e’tibor bilan o‘rganilmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
