Yangiliklar/Jamiyat

Özbekistonda pedagog va öquvçilar har yili psixologik diagnostikadan ötadi

Jamiyat 21 oktyabr, 17:00
Özbekistonda pedagog va öquvçilar har yili psixologik diagnostikadan ötadi

Özbekistondagi ta’lim taşkilotlarining pedagoglari va öquvçilari har öquv yilida kamida bir marta psixologik diagnostikadan ötkaziladi.

Yangi tizim ikki bosqiçda joriy etiladi:

  • 2026/2027 öquv yilidan maktabgaça va umumiy örta ta’lim taşkilotlarida;
  • 2027/2028 öquv yilidan örta maxsus, professional va oliy ta’lim taşkilotlarida.

Diagnostika pedagoglar, tarbiyaçilar, öquvçilar, tarbiyalanuvçilar va talabalarni qamrab oladi. Tekşiruv Psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan maxsus elektron platforma orqali ötkaziladi.

Natijalar sun’iy intellekt yordamida tahlil qilinadi. Şundan söng iştirokçilar quyidagi uç guruhdan biriga kiritiladi:

  1. psixologik jihatdan barqaror;
  2. psixologik yordamga muhtoj;
  3. faol psixologik yordamga muhtoj.

Ikkinçi guruhga kiritilgan şaxslarga ta’lim taşkilotining psixologi biriktiriladi. Uçinçi guruhdagilar bilan psixolog-mentor işlaydi.

Nizomiy Ganjaviy nomidagi Özbekiston milliy pedagogika universitetining Öquv-ilmiy psixologiya markazi negizida Psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti taşkil etiladi. Institut Ta’lim va ilm-fan vazirligi tizimiga kiradi.

2027-yil 1-yanvardan institutda uçta laboratoriya iş boşlaydi:

  • raqamli psixologiya va sun’iy intellekt laboratoriyasi;
  • ta’lim psixologiyasi va psixologik xizmat laboratoriyasi;
  • psixologik salomatlik va profilaktika laboratoriyasi.
3,6990

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→