Qarşida Nasaf brendi ostida traktorlar işlab çiqarilmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev Qarşi şahridagi FM World korxonasi faoliyati bilan tanişdi.

Qiymati 20 mln dollar bölgan loyiha töliq xorijiy investitsiya hisobidan moliyalaştirilgan. Korxona 5 gektar hududda joylaşgan, işlab çiqariş binolarining umumiy maydoni 12 ming kvadrat metrni taşkil etadi.
Zavodda 200 kişi iş bilan ta’minlangan. İşlab çiqariş jarayonlarining ayrim qismlari avtomatlaştirilgan.
Hozir korxonada Nasaf brendi ostida beş xil rusumdagi traktorlar, paxta teriş maşinalari va boşqa qişloq xöjaligi texnikalari yiğilmoqda.

Traktorlarga quyidagi tizimlar örnatilgan:
- GPS;
- avtopilot;
- õğitlaşni boşqariş;
- masofadan nazorat qiliş.
Uşbu texnologiyalar dala işlarini aniq bajariş, yonilği va boşqa resurslar sarfini kamaytiriş imkonini beradi.
Korxonada texnikalarga dala şaroitida xizmat körsatiş, nosozliklarni oldindan aniql aş va maşinalardan xavfsiz foydalaniş böyiça öquv maşğulotlari ham ötkazilmoqda.
Traktor işlab çiqarişida mahalliylaştiriş darajasi 30 foizni taşkil etadi. Zavodning özida 138 turdagi detal va butlovçi qismlar tayyorlanmoqda.
Mahalliylaştiriş darajasini oşiriş uçun butlovçi qismlar işlab çiqarişni kengaytiriş va mahalliy korxonalar bilan kooperatsiyani kuçaytiriş reja qilingan.
Korxona yillik eksport hajmini 50 mln dollarga yetkazişni va mahsulotlarning 30 foizini qöşni davlatlarga yetkazib berişni rejalashtirgan. Bu körsatkiçlarga qaçon erişilişi ma’lum qilinmagan.
«FM World» Xitoyning «Jiangsu World Group» korporatsiyasi tarkibiga kiradi. Rasmiy ma’lumotga köra, korporatsiya Xitoyning 500 ta yirik xususiy kompaniyasi qatoridan joy olgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
