Marko Rubio va Serjio Gor O‘zbekiston ordenlari bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh davlat kotibi Marko Rubio va AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gorni davlat mukofotlari bilan taqdirladi.
Marko Rubio «Buyuk xizmatlari uchun» ordenini oldi. Mukofot uning O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishga qo‘shgan hissasi uchun berildi.
Shuningdek, Rubio Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekistonning xalqaro tashabbuslarini ilgari surish hamda ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun taqdirlandi.
Serjio Gorga «Do‘stlik» ordeni topshirildi. Uning siyosiy muloqotni faollashtirish, ikki tomonlama kelishuvlarni amalga oshirish, amerikalik investorlarni jalb qilish va qo‘shma loyihalarni ilgari surishga qo‘shgan hissasi qayd etildi.
Gorning Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishdagi faoliyati ham mukofotlash uchun asos bo‘ldi.
Taqdirlash 19-oktabr kuni Samarqandda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi uchrashuvlar doirasida o‘tkazildi. Tomonlar bu yerda kengaytirilgan strategik sheriklik muloqotining birinchi yig‘ilishini o‘tkazib, savdo, investitsiyalar, energetika, muhim minerallar, texnologiyalar va xavfsizlik masalalarini muhokama qildi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
