Oʻzbekiston Artemis kelishuvlariga qoʻshildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va AQSh davlat kotibi Marko Rubio Samarqandda Kengaytirilgan strategik sheriklik muloqotining birinchi yig‘ilishini o‘tkazdi.
Yangi mexanizm ikki mamlakat rahbarlari erishgan kelishuvlar ijrosini muvofiqlashtirish va qo‘shma loyihalarni muntazam muhokama qilish uchun tashkil etildi.
Muzokaralarda quyidagi yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi:
- savdo va investitsiyalar;
- energetika va infratuzilma;
- muhim minerallar;
- ilg‘or va kosmik texnologiyalar;
- ta’lim va madaniy-gumanitar aloqalar;
- xavfsizlik;
- C5+1 doirasidagi hamkorlik.
Baxtiyor Saidov yangi muloqotni O‘zbekiston va AQSh munosabatlarini rivojlantirishdagi muhim qadam deb atadi. Uning aytishicha, ushbu format o‘zaro ishonchni mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni ilgari surish va yangi tashabbuslarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Marko Rubio tomonlar infratuzilma, kosmik tadqiqotlar va muhim minerallar sohasidagi aloqalarni kengaytirishga kelishganini bildirdi. Muzokaralarda Markaziy Osiyo va AQShni birlashtiruvchi C5+1 diplomatik platformasi ham muhokama qilindi.
O‘zbekiston «Artemida» kelishuvlariga qo‘shildi
Yig‘ilish yakunida Baxtiyor Saidov va Marko Rubio «Artemida» kelishuvlarini imzoladi. O‘zbekiston ushbu tashabbusning 77-ishtirokchisiga aylandi.
Kelishuvlar Oy, Mars, kometalar va asteroidlardan tinch maqsadlarda foydalanish hamda ularni tadqiq etish tamoyillarini belgilaydi.
Hujjat kosmik faoliyatning ochiqligi, ilmiy ma’lumotlar almashinuvi, tizimlarning o‘zaro mosligi, favqulodda vaziyatlarda yordam ko‘rsatish va kosmik chiqindilarni kamaytirish kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Kelishuvlarga qo‘shilish O‘zbekistonning NASA va boshqa ishtirokchi davlatlarning kosmik agentliklari bilan hamkorligi uchun huquqiy-siyosiy asos yaratadi. Bu mutaxassislar tayyorlash, ilmiy loyihalar va texnologiyalar almashinuviga imkon berishi mumkin.
Biroq hujjat O‘zbekistonga avtomatik ravishda mablag‘ ajratilishini yoki mamlakatning kosmik missiyalarda ishtirok etishini kafolatlamaydi. Alohida loyihalar bo‘yicha qo‘shimcha bitimlar talab qilinadi.
Samarqandda Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ikkinchi yig‘ilishi ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Kengash ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo va investitsiya loyihalarini rivojlantirish uchun tuzilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
