Yangiliklar/Siyosat

Marko Rubioning Samarqandga tashrifi: muzokaralarda nimalar muhokama qilinadi?

Siyosat 18 oktyabr, 19:41
Marko Rubioning Samarqandga tashrifi: muzokaralarda nimalar muhokama qilinadi?

AQSh Davlat kotibi Marko Rubioning Samarqandga tashrifi nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ham muhim voqea hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva amerikalik mehmonni kutib olar ekan, bu uning Markaziy Osiyoga ilk tashrifi ekanini ta’kidladi.

“AQSh Davlat kotibi Marko Rubioni ko‘hna va navqiron Samarqand zaminida qutlashdan mamnunman. Bu — uning Markaziy Osiyoga ilk tashrifi”, — deb yozdi u.

Marko Rubio esa tashrif maqsadini mintaqa davlatlari bilan munosabatlarni rivojlantirish istagi bilan izohladi.

“Shunday davlatlar borki, u yerlarga inqiroz yuz berayotgani uchun emas, balki munosabatlarimizni rivojlantirish maqsadida borishni istaymiz”, — dedi AQSh Davlat kotibi.

Tashrif doirasida AQSh va Markaziy Osiyoning besh davlati o‘rtasida C5+1 formatidagi muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Rubioning ta’kidlashicha, AQSh uchun mintaqaning barcha davlatlari bilan aloqalarni rivojlantirish muhim.

«Gap faqat O‘zbekiston haqida emas, balki Markaziy Osiyoning qolgan to‘rt davlati haqida ham ketmoqda. Bu aloqalar biz uchun muhim», — dedi u.

Muzokaralar kun tartibidan mintaqaviy xavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash va strategik metallar sohasidagi hamkorlik masalalari o‘rin olgan.

8140

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→