Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-oktabr kuni Toshkent xalqaro moda akademiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Akademiya Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda Parij moda akademiyasining qo‘shma ta’lim dasturi negizida tashkil etiladi. Yangi oliygoh Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tizimiga kiradi.
Qo‘shma dasturda tahsil olayotgan talabalar o‘qishini yangi akademiyada davom ettiradi va bitirgach, uning diplomini oladi. Akademiya o‘z bakalavriat va magistratura dasturlarini ham yo‘lga qo‘yishi mumkin.
2027/2028 o‘quv yilidan to‘qimachilik, tikuvchilik, trikotaj hamda charm-poyabzal korxonalari buyurtmasi asosida dual ta’lim dasturlari ochiladi. Talabalar nazariy bilimni akademiyada, amaliy ko‘nikmalarni esa ishlab chiqarish korxonalarida oladi. Hamkor korxonalarda akademiya kafedralarining filiallari tashkil etiladi. Soha mutaxassislari darslarga, bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilishga jalb etiladi.
2027-yildan ixtisoslashgan texnikumlarni yuqori o‘rtacha ko‘rsatkich bilan tamomlagan bitiruvchilar akademiya bakalavriatining uchinchi bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Yengil sanoat uchun mutaxassis tayyorlaydigan texnikumlarning dasturlari akademiya o‘quv rejalariga moslashtiriladi.
Akademiya:
- tashkilot va xizmatlar uchun uniforma dizaynini ishlab chiqadi;
- milliy moda brendlarini yaratishda qatnashadi;
- qiz talabalarni biznes va hunarmandchilikka jalb qiladi;
- oliy ta’limdan keyingi ta’limni yo‘lga qo‘yadi;
- to‘qimachilik va yengil sanoat korxonalari uchun mutaxassis tayyorlaydi.
Oliygoh Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi Bobur ko‘chasi, 30-uyda joylashgan Kor-Uz o‘zbek-koreys to‘qimachilik texnoparki binosida faoliyat yuritadi.
Xorijiy o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar uchun ko‘p martalik vizalarni rasmiylashtirish va uzaytirish ko‘zda tutilgan. Qabul kvotalari, ta’lim yo‘nalishlari, kontrakt miqdori va hujjat topshirish tartibi hozircha e’lon qilinmagan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
