Yangiliklar/Jamiyat

O‘zini Prezident Administratsiyasi xodimi deb tanishtirgan erkak 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Jamiyat 17 oktyabr, 17:19
 O‘zini Prezident Administratsiyasi xodimi deb tanishtirgan erkak 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Toshkent shahrida yashovchi 72 yoshli erkak Buxorolik tadbirkordan 500 ming dollar talab qilgani uchun 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U o‘zini Prezident Administratsiyasi xodimi sifatida tanishtirib, tadbirkorning korxonasidagi tekshiruv bilan bog‘liq muammolarni hal qilishni va’da qilgan.

Sud materiallariga ko‘ra, tadbirkor faoliyatiga oid masalalarni hal qilib berish evaziga erkak 500 ming AQSh dollar, shuningdek, yo‘l xarajatlari uchun 1,3 million so‘m talab qilgan.

Tadbirkor kompaniyasi 40 million dollar kredit olgan bo‘lib, tekshiruv davomida ayrim obyektlar amalda mavjud emasligi va zavod faoliyat yuritmayotgani bilan bog‘liq holatlar aniqlangan.

Erkak tadbirkor uning bank kartasiga 10 million so‘m o‘tkazganidan keyin qo‘lga olingan.

Buxoro shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudi uni Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «a» bandi — o‘ta yirik miqdorda tovlamachilik qilishda aybdor deb topib, umumiy tartibli koloniyada 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

1,5350

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→