Diyora Keldiyorova katta sportga qaytdi

Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari chempioni Diyora Keldiyorova ikki yillik tanaffusdan so‘ng musobaqalarga qaytmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Keldiyorova bugun Qozog‘istonning Aqtau shahrida boshlanib, 18-oktabrga qadar davom etadigan Aktau Asian Open 2026 turnirida qatnashadi. U 52 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida medallar uchun kurash olib boradi. O‘zbekiston musobaqada jami 25 nafar sportchi bilan ishtirok etadi.
Diyora Keldiyorova 2024-yilda Parijda o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan. U finalda Tokio-2020 Olimpiya chempioni, kosovolik Distriya Krasnichini mag‘lub etgan.
Olimpiadadan so‘ng sportchi farzandli bo‘ldi. U joriy yilning aprel oyida mashg‘ulotlarni qayta boshladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
