O‘zbekistonda taksi narxlarining keskin oshishi tekshirilmoqda

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi taksi agregatorlarining narxlari va xizmatlarini o‘rganishni boshladi.
Bunga texnik nosozliklardan keyin tig‘iz vaqtlarda taksi narxlarining bir necha baravar oshgani sabab bo‘lgan. Qo‘mita tariflar qay darajada asosli oshirilgani va agregatorlar monopoliyaga qarshi qonunchilik talablariga rioya qilganini tekshirmoqda.
Agregatorlarga quyidagi talablar qo‘yildi:
- narxlarni shakllantiruvchi algoritm sozlamalarini qayta ko‘rib chiqish;
- narxlarning sun’iy va keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik;
- haydovchilar hisobiga pul o‘tkazishdagi nosozliklarni bartaraf etish;
- asossiz bloklangan haydovchilarning akkauntlarini tiklash;
- bajarilgan buyurtmalar uchun bonuslarni qayta hisoblash va to‘lash;
- insofsiz raqobatga yo‘l qo‘ymaslik;
- haydovchilar va yo‘lovchilar uchun tunu kun ishlaydigan texnik yordamni ta’minlash.
Agar o‘rganish davomida monopoliyaga qarshi qonunchilik yoki iste’molchilar huquqlari buzilgani aniqlansa, agregatorlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar qo‘llanadi. Qo‘mita hozircha qaysi kompaniyalar tekshirilayotgani va qanday sanksiyalar qo‘llanishi mumkinligini ochiqlamadi.
O‘rganish 11-oktabr kuni Yandex Go servisida yuz bergan yirik uzilishdan keyin boshlandi. Foydalanuvchilarning bir qismi avtomobil buyurtma qila olmadi, ayrim haydovchilar esa bajarilgan buyurtmalar uchun pul tushmaganini bildirdi.
Uzilish paytida mijozlar boshqa xizmatlarga o‘tdi. Uklon’da 11–13-oktabr kunlari buyurtmalar odatdagi ko‘rsatkichdan ikki-uch baravar oshdi. Faqat Toshkentda ishlaydigan MyTaxi’da esa o‘rtacha buyurtmalar soni 15 baravar ko‘paydi. MyTaxi orqali liniyaga chiqqan haydovchilar soni uch baravar oshgan.
O‘zbekistonda raqamli platformalarning ustun mavqeyi, muzokara kuchi va raqobatni cheklovchi harakatlarini aniqlash tartibi hukumatning 2024-yildagi qarori bilan belgilangan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
