Yangiliklar/Jamiyat

Sergelida sun’iy ko‘lli yangi istirohat hududi barpo etilmoqda

Jamiyat 15 oktyabr, 10:15
Sergelida sun’iy ko‘lli yangi istirohat hududi barpo etilmoqda

Toshkentning Sergeli tumanidagi «Qumariq» mahallasida besh gektarlik jamoat hududi tashkil etilmoqda. Uning 17 ming kvadrat metrini sun’iy ko‘l egallaydi.

Hududda bolalar va sport maydonchalari, ayvonlar hamda barbekyu zonalari quriladi. Shuningdek, quyosh panellari, suvni filtrlash va ozonlash tizimlari o‘rnatiladi.

Asosiy qurilish ishlarining 30 foizdan ortig‘i bajarilgan. Hozir konstruksiyalar mustahkamlanib, tayanch devori qurilmoqda. Noyabrgacha qariyb 800 metr devorni bitirish va ko‘l o‘rnidagi tuproqni to‘liq olib chiqish rejalashtirilgan. Obyektni 2026-yil oxirigacha foydalanishga topshirish mo‘ljallangan.

Loyiha mualliflarining hisob-kitobiga ko‘ra, sun’iy ko‘l hududdagi chang miqdorini kamaytirib, havo namligini oshirishga yordam beradi. Yangi maskan sayr qilish, dam olish va sport bilan shug‘ullanish uchun mo‘ljallangan.

Hokimlik qurilish vaqtida mavjud daraxtlar saqlanishi va ekologik talablar bajarilishini bildirdi. Loyihaning qiymati va moliyalashtirish manbasi ochiqlanmagan.

1,7200

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→