O‘zbekistonda tilanchilik uchun jarimalar oshirildi

O‘zbekistonda tilanchilik qilish va unga boshqa shaxslarni jalb etish uchun jarimalar oshirildi. Prezident 14-oktabr kuni imzolagan qonun shu sanadan kuchga kirdi.
Ko‘cha, jamoat transporti va boshqa jamoat joylarida pul, oziq-ovqat yoki boshqa moddiy boyliklarni faol ravishda so‘rash tilanchilik hisoblanadi.
Endi tilanchilik uchun 3 BHMdan 5 BHMgacha, ya’ni 1 mln 320 ming so‘mdan 2 mln 200 ming so‘mgacha jarima solinadi. Muqobil jazo sifatida 15 sutkagacha ma’muriy qamoq qo‘llanishi mumkin. Avval jarima 1 BHMdan 3 BHMgacha edi.
Voyaga yetmaganlar, keksalar, ruhiy holati buzilgan shaxslar, nogironligi bo‘lgan insonlar va boshqa shaxslarni tilanchilikka jalb etish uchun jarima 10–15 BHMgacha oshirildi. Bu 4 mln 400 ming so‘mdan 6 mln 600 ming so‘mgacha degani.
Spirtli ichimlik yoki insonning aqliy-irodaviy faoliyatiga ta’sir qiluvchi boshqa moddalarni iste’mol qilishga majburlab tilanchilikka jalb etish uchun ham xuddi shunday jazo belgilanadi. Sud 15 sutkagacha ma’muriy qamoq tayinlashi ham mumkin.
Avval bu huquqbuzarliklar uchun jarima 5–10 BHM miqdorida edi. O‘zbekistonda BHM 2026-yil 1-sentabrdan 440 ming so‘m etib belgilangan.
O‘zgartirishlar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 188-3-moddasiga kiritildi. Tilanchilik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik O‘zbekistonda 2019-yildan amal qiladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
