Toshkentda 22-oktabrgacha sovuq suv o‘chiriladi

Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida ichimlik suvi tarmoqlarida profilaktika va ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Rejali ishlar 22-oktabrda yakunlanadi.
Ayrim hududlarda suv ta’minoti to‘liq to‘xtatiladi, boshqalarida bosim pasayadi. Qozonxonalar faoliyati to‘xtashi sababli ayrim manzillarda issiq suv ham bo‘lmasligi mumkin. Suv ta’minoti to‘liq uzilgan joylarga ichimlik suvi maxsus transportlarda yetkaziladi.
14–15-oktabr kunlari
Suv ta’minoti 14-oktabr soat 09:00 dan 15-oktabr soat 15:00 gacha uchta tumanda to‘xtatiladi.
Olmazor tumani
«Taraqqiyot», «Qorasaroy», «Namuna», «Guruchariq», «Hazrati Imom», «Chimboy», «G‘ani A’zamov», «Orzu», «Ziyo», «Universitet», «Ziyokor», «Mirzo Ulug‘bek», «Chig‘atoy», «Oqtepa», «Shifokorlar», «Allon» va «Chig‘atoy darvoza» mahallalari.
Shuningdek, Almazar City turar joy majmuasi, 2-sonli shahar tug‘ruqxonasi, Olmazor sudi, Akfa Medline klinikasi, Urologiya ilmiy-tadqiqot instituti, Ko‘ksaroy shifoxonasi, Talabalar shaharchasi va yotoqxonalar, Hazrati Imom masjidi, Baroqxon madrasasi hamda 1-sonli shahar sil kasalliklari shifoxonasida suv bo‘lmasligi mumkin.
Uchtepa tumani
«Degrez», «Bog‘i Chinor», «Bekobod», «Qariyog‘di», «Xondamir», «Nishobariq», «Sharq yulduzi», «Shofayz bog‘i», «Paxtakor», «Ko‘kcha», «Oqtepa», «Jurjoniy», «Abdulla Qodiriy», «Beshqayrag‘och», «Hayrati» va «Davlatobod» mahallalari.
Shayxontohur tumani
«O‘zbekiston», «Beltepa», «Zafarobod», «Xuvaydo», «Ipakchi», «Ko‘kcha», «Shofayz» va «Bo‘ston» mahallalari.
Cheklov Farobiy, Qiziluncha va Nurfayz ko‘chalari, shuningdek, Zafarobod, Ipakchi, Nurobod va Ulug‘bek tor ko‘chalariga ham taalluqli.
Yunusobod tumani: 19–20-oktabr
19-oktabr soat 09:00 dan 20-oktabr soat 15:00 gacha Sohibkor, Oqtepa, O‘qituvchilar, Chinobod va Yangishahar tor ko‘chalarida suv o‘chiriladi.
Cheklov Chinobod, Otchopar va Obiravon ko‘chalari, Manzara va High Town City turar joy majmualari, savdo-ko‘ngilochar majmua hamda Hayat klinikasini ham qamrab oladi.
Chilonzor tumani: 21–22-oktabr
Ishlarning so‘nggi bosqichi 21-oktabr soat 09:00 dan 22-oktabr soat 14:00 gacha davom etadi.
Suv «1-Charx Kamolon», «2-Charx Kamolon», «3-Charx Kamolon», «Novza», «2-Katta Chilonzor», «3-Katta Chilonzor», «Chilonzor», «Dilobod», «Xalqlar do‘stligi», «Beshchinor», «Diyor», «Qozirobod», «Naqqoshlik», «Katta Do‘mbirobod», «Do‘mbirobod», «Gavhar», «Nafosat», «Oqtepa» va «Yakkabog‘» mahallalarida o‘chiriladi.
Ayrim maktablar va bog‘chalar, Toshkent shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi hamda akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazida ham suv ta’minoti to‘xtashi mumkin.
Aholiga oldindan ichimlik suvi zaxirasini tayyorlab qo‘yish tavsiya etildi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi

Taşkentda yana bir oila meros mojarosi sabab sotib olgan kvartirasidan ayrilişi mumkin
